Ronalduning ajoyib harakatlari “Nemis mashinasi”ni to‘xtata olmadi

Sport 4237
image

Kecha, 19 iyun kuni Yevro-2020 “F” guruhi 2-turi doirasida mezbon maqomidagi Portugaliya terma jamoasi Myunxenda Germaniya terma jamoasini qabul qildi. Ko‘p tomonlama intrigaga ega bo‘lgan markaziy uchrashuv “nemis mashinasi”ning 2:4 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dastlab, hisobni Portugaliya terma jamoasi Ronalduning 15-daqiqadagi goli evaziga ochdi, so‘ngra Germaniya tezkor ikki goli bilan hisobda oldinga chiqib oldi. E’tiborli jihati shundaki, gollarning har ikkisi Portugaliya futbolchilari hisobiga avtogol sifatida qayd etildi (Diash 35’, Gerreyru 39’). 

Ikkinchi bo‘lim boshida yana ikkita gol urib olgan nemislar hisobdagi farqni yanada kattaroq ko‘rinishga olib keldi. Gollarga Kay Xavers hamda Robin Gosens 51 hamda 60-daqiqalarda mualliflik qildi. 67-daqiqada Ronalduning uzatmasidan so‘ng Diogo Jota hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi va shu hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi — 2:4.

Shu tariqa, 3 ochkoni qo‘lga kiritgan Germaniya guruhda 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi, xuddi shuncha ochkosi bor Portugaliya esa 3-o‘rinni egallab turibdi. Guruh peshqadami esa 4 ochko to‘plagan Fransiya terma jamoasi hisoblanadi.

Abdulla Mannonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 115
Reyting: 3
t
×