Farg‘onada IIB xodimiga pora taklif qilgan ayol ushlandi
3-sahifa
−
17 noyabr
6042Farg‘ona viloyatiing Beshariq tumanida ichki ishlar organi xodimiga 3000 dollar pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, Namangan shahrida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan ayol Beshariq tumani IIBga qarashli tergov bo‘limi surishtiruvchilariga murojaat qilib, Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 3-qismi “a” bandi bilan ayb e’lon qilinib, qamoqqa olingan tanishini qamoq ehtiyot chorasini bekor qilishi va ayblovni olib tashlashi uchun 3000 dollar miqdorida pora taklif qilgan.
Xodim pora berish jinoyat ekanini bir necha bor tushuntirishiga qaramay ayol pora taklif qilishda davom etgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro xodimga 2100 AQSH dollarini pora tariqasida bergan vaqtda ushlanib, pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi (Pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatida 400 AQSH dollari evaziga tekshiruv materiallarini yo‘l-transport hodisasi sodir etgan haydovchining foydasiga hal qilishni va sud tibbiy ekspertizasini yengillashtirishni va’da qilgan inspektor ozodlikdan mahrum qilingandi. YTH yuz bergan joyga yetib borgach, u hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirib, yo‘lovchilardan birining tan jarohatining og‘irlik darajasini aniqlash uchun tibbiyot ekspertizasi tayinlagan. Haydovchining boshqaruvidagi mashinani shu kuniyoq jarima maydonchasiga joylashtirgan. Oradan 4-5 kun o‘tgach, haydovchini o‘z xizmat xonasiga chaqirgan va undan pul talab qilgan.
LiveBarchasi