Zangiotada mahalla raisi $3 ming pora bilan uşlandi

3-sahifa

−

visibility1569 timer1 daqiqa

image

Toşkent viloyatida fuqaroni Respublika şoşilinç tibbiy yordam markaziga işga joylaştirib qöyiş uçun 3 ming AQŞ dollari talab qilgan mahalla raisi uşlandi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.

Qayd etilişiça, Davlat xavfsizlik xizmati Toşkent viloyati boşqarmasi hamda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti viloyat boşqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.

Unda 1985 yilda tuğilgan, Zangiota tumanidagi mahallalardan birining raisi K.U. fuqaroni Respublika şoşilinç tibbiy yordam markaziga işga joylaştirib qöyiş evaziga 3 ming AQŞ dollari talab qilgani aniqlangan. U pulni olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida mahalla raisi tadbirkorga bino ajratib beriş va ijara şartnomasini rasmiylaştiriş evaziga 900 AQŞ dollari olgan vaqtida qölga tuşgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing