Ekopolitsiya “Bözsuv” oqova suv tozalaş inşootida ekologik qoidabuzarliklarni aniqladi

3-sahifa

−

visibility197 timer2 daqiqa

image

Toşkent viloyati Zangiota tumanida joylaşgan “Bözsuv” oqova suv tozalaş inşootida ötkazilgan ekologik nazorat tekşiruvida atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazişi mumkin bölgan bir qator qonunbuzilişlar aniqlandi.

Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi ma’lumotiga köra, inşootda oqova suvlarni tozalaş samaradorligi belgilangan 70 foiz örniga 47,6–51,5 foizgaça pasaygan. 2026 yil 11 va 13 noyabr kunlari olingan laboratoriya tahlillarida 13 turdagi ifloslantiruvçi moddaning 9 tasi me’yordan bir neça baravar yuqori ekani qayd etilgan.

Ekopolitsiya xodimlari tekşiruvi davomida sanoat korxonalarining tarkibida oğir kimyoviy böyoqlar va zaharli moddalar mavjud oqova suvlari mahalliy tozalaş inşootlarisiz qabul qilingani ma’lum böldi. Şuningdek, inşoot rahbariyatining bunday korxonalarni tarmoqdan uziş va ekologik organlarni xabardor qiliş böyiça talablarni bajarmagani aniqlangan. Buning oqibatida “Bözsuv” kanaliga yetarliça tozalanmagan oqova suvlar taşlangan.

Nazorat tadbirlarida hisobotlardagi jiddiy tafovutlar ham foş etilgan. Jumladan, oqova suvlar yillik hajmi 2023 yilga nisbatan 131,3 mln kub metrga, ya’ni 54 foizga kamaytirib körsatilgan. Şuningdek, oqova suvlar tarkibidagi 15 turdagi ifloslantiruvçi moddaning 9 tasi yillar davomida hisobotlarda aks ettirilmagan. Inşootda yiliga hosil böladigan 23 541 tonna çiqindi, asosan xavfli çökindilar, belgilangan tartibda utilizatsiya qilinmasdan oçiq maydonlarga taşlab kelingan.

Ekopolitsiya xodimlarining ta’kidlaşiça, tekşiruv jarayonida inşoot rahbariyati davlat nazoratiga tösqinlik qilgan. Xususan, 17 noyabr kuni oqova suvlar hajmini ölçaşga ruxsat berilmagan. Aniqlangan qonunbuzilişlar yuzasidan jamiyatga qöşimça kompensatsiya tölovlari hisoblangan va moliyaviy sanksiyalar qöllanilgan. Kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça 15 banddan iborat majburiy körsatma berilgan.

Belgilangan talablar öz vaqtida bajarilmasa, inşoot faoliyatini töxtatiş böyiça iqtisodiy sudga da’vo kiritilişi mumkin. Şuningdek, Toşkent şahar Ekologiya boş boşqarmasining mas’ul xodimlariga nisbatan xizmat tekşiruvi ötkazilib, töplangan hujjatlar huquqiy baho beriş uçun Boş prokuraturaga yuboriladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing