Bözsuv kanaliga özini taşlagan qizni profilaktika inspektorlari qutqarib qoldi (video)
Jamiyat
−
14:22 742 2 daqiqa
Toşkent şahridagi Bözsuv kanalida özini suvga taşlagan qiz profilaktika inspektorlari tomonidan qutqarib qolindi. Voqea joyiga yetib kelgan Içki işlar xodimlari qizni suvdan olib çiqib, unga birinçi tibbiy yordam körsatdi. Şundan söng u yaqin atrofdagi şifoxonaga olib borildi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Ma’lum bölişiça, voqea Bözsuv kanalining aholi sayr qilişi va hordiq çiqarişi uçun möljallanmagan yopiq qismida sodir bölgan. Öşa vaqtda hududdan ötib ketayotgan fuqaro bir qizning qora kiyimda kanal böyida turganini körgan. Birozdan söng qiz özini suvga taşlagan. Buni körgan fuqaro zudlik bilan uning ortidan yugurib, qutqaruv vositasini olib kelgan va 102 xizmatiga qönğiroq qilgan.
Xabar kelib tuşgaç, profilaktika inspektorlari voqea joyiga yetib borgan. Ular murojaat qilgan fuqaro körsatgan joyni tekşiriş davomida kanalning suv oqimi va aylanma harakati bor qismini közdan keçirgan. Natijada qiz suvning çetki qismida osilib turgan holatda topilgan.
Inspektorlardan biri qizni qutqariş uçun darhol suvga tuşgan. Uning şerigi esa qizni suvdan çiqarib olişga yordam bergan. Qiz suvdan olib çiqilgaç, ança suv yutib yuborgani sababli qayt qila boşlagan. Şundan söng xodimlar uni yaqin atrofdagi 5-sonli şifoxonaga olib borgan.
Şifoxonada birinçi tibbiy yordam körsatilgaç, qiz öziga kelgan. Uning şaxsiga aniqlik kiritilib, Yangiyöl tumanida yaşovçi ota-onasiga xabar berilgan. Keyinçalik qiz ota-onasiga soğ-salomat topşirilgan. Hozirda uning ahvoli barqaror.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatining Örta Çirçiq tumanida Cobalt haydovçisi rul boşqaruvini yöqotib, kanalga tuşib ketgandi. Yöl-patrul xizmati xodimi maşinada çökayotgan ayolni körib, uni qutqarib qolgan edi.
Live
Barchasi