Zangiotadagi sexga o‘t ketdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 6 avgust kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi ishlab chiqarish sexlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 16:33 da Toshkent viloyati Zangiota tumani “Nazarbek” mahallasi hududida joylashgan ishlab chiqarish sexlaridan birida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBB navbatchilik qismiga xabar kelib tushdi.

Xabarga asosan, voqea joyiga zudlik bilan qutqaruv ekipajlari yetib borgan, yong‘in soat 17:23 da qurshab olingan hamda soat 17:47 da to‘liq bartaraf etilgan.

Bildirilishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar qayd etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 6 avgust kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi do‘konlardan birida dahshatli yong‘in sodir bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing