Biror xonadon yo‘qki, qalampir kirib bormagan, biror uyning peshtoqi yo‘qki, qalampir osib qo‘yilmagan bo‘lsa. Xalqimiz qalampirni sevib iste’mol qiladi. Ishonamizki, QALAMPIR.UZ axborot-tahliliy internet-nashrini ham sevib o‘qib boradi. Bunga 3 yillik faoliyatimiz davomida kun sayin amin bo‘lib boryapmiz. Qalampir odamlarning kundalik ehtiyojiga aylanib ulgurgan bo‘lsa, ne ajab.
Mazkur loyiha 2015 yilning yanvar oyidan o‘z ishini boshlagan bo‘lib, uning asosiy maqsadi O‘zbekiston OAV sohasida yangilikka qo‘l urish, xolis, shaffof axborot maydonini yaratish, hech kim so‘z ochmagan, aytishga jur’at topilmagan mavzularni qalamga olib, odamlarning muammolarini hal etish, jamiyatni faqat buguni bilan yashash emas, balki ertasi, uzoq kelajakni oldindan ko‘rib, shunga yarasha intilishga undashdan iborat.