Umra ziyoratini noqonuniy taşkil qilgan firma rahbarlari qölga tuşdi

3-sahifa

−

visibility1348 timer1 daqiqa

image

Toşkent viloyatining Bekobod şahri va Samarqand şahrida fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuborişni taşkil qilgan ikki sayyohlik firmasi rahbari uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, birinçi holatda Bekobod şahrida faoliyat yurituvçi sayyohlik firmasi rahbari tegişli ruxsatga ega bölmasdan, uç nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilgan. U buning evaziga 3 450 dollar olgan vaqtida DXX va viloyat IIB xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Ikkinçi holat Samarqand şahrida aniqlangan. U yerda faoliyat yurituvçi, biroq tegişli litsenziyaga ega bölmagan sayyohlik firmasi rahbari tört nafar fuqaroning işonçiga kirib, ularni Umra ziyoratiga yuboriş evaziga 6 ming dollar olgan vaqtida qölga olingan.

Ma’lum qilinişiça, birinçi holat böyiça firma rahbariga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda. Ikkinçi holat yuzasidan esa tergovga qadar tekşiruv işlari boşlangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatining Bekobod tumanida tört nafar fuqaroni Umra ziyoratiga noqonuniy yuborişni va’da qilib, 4,8 ming dollar talab qilgan xususiy öquv markazi rahbarining ukasi uşlangani haqida xabar berdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing