Çilonzorda qariyb 7,7 kg kumuşni noqonuniy sotayotgan şaxs uşlandi (video)
3-sahifa
−
111 1 daqiqa
Toşkent şahrining Çilonzor tumanida 7 kilogramm 685 gramm sof kumuşni 156 million sömga noqonuniy sotayotgan şaxs uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona qömitasi xodimlari hamkorligida Çilonzor tumanida qimmatbaho metallarning noqonuniy muomalasiga çek qöyişga qaratilgan tezkor tadbir ötkazilgan.
Unda Toşkent viloyati Böka tumanida yaşovçi, 1973 yilda tuğilgan şaxs oğirligi 7 kilogramm 685 gramm bölgan sof kumuşni 156 mln sömga sotayotgan vaqtida tezkor tadbir iştirokçilari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Tekşiruvlar davomida qölga olingan fuqaro qimmatbaho metallar muomalasi bilan şuğullaniş uçun tegişli litsenziyaga ega emasligi va noqonuniy faoliyat amalga oşirayotgani aniqlangan.
Hozirda uşbu şaxsga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent xalqaro aeroportida qariyb 691 gramm oltindan yasalgan, dastlabki qiymati 1 milliard 20 million sömdan oşadigan zargarlik buyumlarini bojxona nazoratidan yaşirib olib kirişga urinişlar aniqlangan edi.
Live
Barçasi