Bekobodda fuqarolarni Umraga yuborişni va’da qilib, 4,8 ming dollar talab qilgan şaxs uşlandi
3-sahifa
−
15:04 269 1 daqiqa
Toşkent viloyatining Bekobod tumanida tört nafar fuqaroni Umra ziyoratiga noqonuniy yuborişni va’da qilib, 4,8 ming dollar talab qilgan xususiy öquv markazi rahbarining ukasi uşlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, 1992 yilda tuğilgan xususiy öquv markazi rahbari Bekobod şahrida yaşovçi, 1994 yilda tuğilgan fuqarodan tört kişini Umra ziyoratiga yuboriş evaziga 4 ming 800 dollar talab qilgan.
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir davomida öquv markazi rahbarining 1995 yilda tuğilgan ukasi fuqarodan 2 ming dollarni avans sifatida olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan uşbu şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Navoiy, Namangan va Farğona viloyatlarida fuqarolarni Umra ziyoratiga noqonuniy yuborişni va’da qilib, ulardan pul olgan uç kişi uşlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi