Bank xodimi mijozlarning 3,2 mlrd sömini qimorga tikib yubordi

3-sahifa

−

image

Andijonda onlayn qimor öyinlariga berilib ketgan şaxslar mijozlar va fuqarolarning milliardlab söm pullarini özlaştirib, katta miqdordagi zarar yetkazdi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, Andijon şahridagi banklardan birida xalqaro pul ötkazmalariga oid hisob raqamlariga mas’ul bölgan xodim mijozlarning pullarini özlaştirgan. U fuqarolarning hisoblaridagi 3,2 milliard sömdan ortiq mablağni özining xalqaro plastik kartasiga ötkazib olgan.

Tergov davomida bank xodimi özlaştirilgan pullarni tavakkalçilikka asoslangan onlayn qimor öyinlariga tikib, yutqazib yuborgani aniqlangan. Uning sözlariga köra, qimor sababli nafaqat katta miqdordagi pulidan, balki oilasi va yaqinlaridan ham ayrilgan.

Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Xodimga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilgan. Tergov yakunlanib, jinoyat işi sudga yuborilgan.

Yana bir holatda, onlayn qimor öyinlariga berilgan şaxs tanişidan 26 ming AQŞ dollariga teng ikkita “Damas” avtomobilini olib, ularni qaytarmagan. Ma’lum bölişiça, u avtomobillarni qimor öyinlariga tikib, yutqazib yuborgan. Uşbu holat yuzasidan ham jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari yakunlangan va iş sudga yuborilgan.

Şuningdek, Xöjaobod tumanida 74 nafar fuqaroni Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilgan şaxs ularning jami 1 milliard 300 million söm pulini qölga kiritgan. U pullarni tegişli tartibda bankka topşiriş örniga onlayn qimor öyinlariga tikib, yutqazib qöygan.

Sud hukmiga köra, Abdurazzoq Fayzulloyev Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 5 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Huquqni muhofaza qiluvçi organlar fuqarolarni onlayn qimor öyinlariga jalb qiluvçi şaxslarning va’dalariga işonmaslik, şuningdek, pul mablağlarini begonalarga topşirişda ehtiyot bölişga çaqirdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Angor tumanida yaşovçi fuqaro öz uyida yaşirin bunker taşkil etib, 3 nafar şerigi bilan birgalikda YouTube orqali noqonuniy onlayn qimor öyinlarini ötkazib kelgani aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing