Surxondaryoda uyini onlayn qimor bunkeriga aylantirgan şaxs uşlandi
3-sahifa
−
10:37 485 2 daqiqa
Surxondaryo viloyatining Angor tumanida yaşovçi fuqaro öz uyida yaşirin bunker taşkil etib, uç nafar şerigi bilan birgalikda YouTube orqali noqonuniy onlayn qimor öyinlarini ötkazib kelgani aniqlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Aniqlanişiça, Surxondaryo viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari internet resurslarini monitoring qiliş davomida YouTube platformasidagi kanallardan birida onlayn qimor öyinlari taşkil etilayotganini aniqlagan. Tekşiruvlarda uşbu faoliyat Angor tumanida yaşovçi fuqaro tomonidan yölga qöyilgani ma’lum bölgan.
Termiz şahrining Saxovat mahallasi hududida ötkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvçi töxtatilib, uning yonidan yaşil rangli, ötkir hidli, marixuanaga öxşaş modda topilgan. Ekspertizaga olingan uşbu moddaning umumiy oğirligi 2,12 grammni taşkil etgan.
Şundan söng, tergov harakatlari doirasida gumonlanuvçining Angor tumanidagi yaşaş xonadonida tintuv ötkazilgan. Natijada u uyida yaşirin bunker taşkil etib, uç nafar şerigi bilan birgalikda noqonuniy onlayn qimor öyinlarini ötkazib kelgani aniqlangan. Holatga aloqador bölişi mumkin bölgan aşyoviy dalillar protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi (Qimor va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarni taşkil etiş hamda ötkaziş) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçilar protsessual tartibda uşlangan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Xonqa tumanida yaşovçi fuqaro öz uyida tanişlarini yiğib, pul tikiladigan qimor öyini taşkil qilgani aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiShavkat Mirziyoyev Ummonga bordi
16 Noyabr
Bangladeshda tikuvchilar ish tashlamoqda
16 Noyabr