Andijonda “elektroset” xodimlari 2 ming dollar pora bilan qölga tuşdi
3-sahifa
−
16:42 692 2 daqiqa
Andijon viloyatida elektr hisoblagiçga taşqi ta’sir körsatilgani sababli 400 mln söm zarar hisoblangan fuqaroga uni 65 mln sömga tuşirib berişni va’da qilgan ikki nafar elektr ta’minoti korxonasi xodimi 2 ming dollar pora olayotgan vaqtida uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, tezkor tadbir departamentning Andijon viloyati boşqarmasi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligida ötkazilgan.
Unda Andijon tumani elektr ta’minoti korxonasi (ETK) Qöyganyor bölimi boşliği örinbosari Z.S. va bölim muhandisi X.T. özaro til biriktirgani aniqlangan.
Ular fuqaro M.Q.ga “Nohatak” mahallasidagi umumiy ovqatlaniş şoxobçasida elektr hisoblagiçga taşqi ta’sir körsatilgani yuzasidan tuzilgan dalolatnomaga asosan 400 mln söm zarar hisoblanganini bildirgan. Keyin esa 2 ming AQŞ dollari evaziga uşbu summani 65 mln sömga kamaytirib berişni va’da qilgan. ETK xodimlari kelişilgan pulni olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Jizzax viloyatida fuqaroning xonadoniga gaz hisoblagiç örnatib beriş va hisob raqami oçişni va’da qilib, undan 8 million söm talab qilgan ikki kişi uşlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi