Toşkentda mahalla raisi 900 dollar pora bilan uşlandi

3-sahifa

−

image

Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida mahalla raisi tadbirkorga bino ajratib beriş va ijara şartnomasini rasmiylaştiriş evaziga 900 AQŞ dollari olgan vaqtida qölga tuşdi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, 1988 yilda tuğilgan mahalla raisi tadbirkorlik bilan şuğullanuvçi fuqaroga tuman hududidagi binodan faoliyat yuritiş uçun joy ajratib berişni va’da qilgan. Buning evaziga undan 900 dollar talab qilgan.

Uşbu holat yuzasidan IIV Tezkor qidiruv departamentining korrupsiya va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş boşqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining Uçtepa tumani bölimi xodimlari hamkorlikda tezkor tadbir ötkazgan. Natijada mahalla raisi pulni olayotgan vaqtida qölga olingan.

Holat yuzasidan mansabdor şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “g” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Jizzax viloyatida fuqaroning xonadoniga gaz hisoblagiç örnatib beriş va hisob raqami oçişni va’da qilib, undan 8 million söm talab qilgan ikki kişi uşlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing