Andijonda 3 kişini Umraga yuboriş uçun 3,4 ming dollar olgan şaxs uşlandi

3-sahifa

−

image

Andijon viloyatining Asaka tumanida uç nafar fuqaroni Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan 3 450 dollar olgan şaxs qölga olindi. U bu işni tegişli vakolati bölmagan turfirma orqali amalga oşirişni va’da qilgan. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, 1998 yilda Asaka tumanida tuğilgan fuqaro uç kişining işonçiga kirib, ularni Saudiya Arabistoniga Umra ziyoratiga yuborişini aytgan. Biroq uning bunday faoliyat bilan şuğullaniş uçun vakolati bölmagan. U fuqarolardan jami 3 450 dollarni olayotgan vaqtida Içki işlar boşqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqandda uç nafar fuqaroni tegişli litsenziyasiz Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, buning evaziga 3 750 dollar talab qilgan sayyohlik firmasi rahbari uşlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing