14 kişi yonib ketdi, Ukraina Rossiyani içidan yemiryapti – Qalampir.uz dayjesti
Tahlil
−
21:50 1237 5 daqiqa
Kun davomida Özbekiston va jahon miqyosida sodir bölgan muhim hodisalar tafsiloti bilan Qalampir.uz dayjesti
Andijonda Damasʼni poyezd urib yubordi
Andijon viloyatining Asaka tumanida Damas avtomobili va poyezd töqnaşdi.
Ma’lum qilinişiça, yöl-transport hodisasi Asaka tumani “Toştepa” MFY hududidan ötuvçi Toştepa köçasidagi temir yöl kesişmasida sodir bölgan.
Qayd etilişiça, 1995 yilda tuğilgan Damas avtomobili haydovçisi temir yöl kesişmasidagi yöl belgisi talablariga rioya qilmasdan harakatlangan. Oqibatda u Andijon lokomotiv deposi maşinisti boşqaruvidagi poyezd bilan töqnaşgan.
Hodisa oqibatida ikkala transport vositasiga moddiy zarar yetgan. Jabrlanganlar yöq.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Ukraina Rossiyaning neftni qayta işlaş quvvatining 55 foizini işdan çiqardi – Zelenskiy
Ukraina Mudofaa kuçlari Rossiyadagi neftni qayta işlaş quvvatlarining 55 foizdan ortiğini işdan çiqardi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Prezident Ukraina deyarli har kuni yangi natijalarga erişayotganini aytib, hozirgaça Rossiyaning neftni qayta işlaş quvvatlarining yarmidan ortiq qismi işdan çiqarilganini bildirgan.
“Bu Rossiyaning keskinlikni pasaytirişdan boş tortişi va energetika infratuzilmamizga bergan zarbalariga munosib javobimiz”, degan Zelenskiy.
Avvalroq, Ukraina Mudofaa vazirligi Rossiya neft infratuzilmasiga uzoq masofali zarbalar berişdan közlangan asosiy natija işlab çiqariş, içki ta’minot va eksportga bir vaqtning özida bosim ötkaziş bölganini ma’lum qilgandi.
Tailandda avtomobil ijarasi şoxobçasida yonğin çiqib, 11 kişi halok böldi
Tailand janubidagi Pxuket kurort orolida joylaşgan savdo binosida yonğin sodir böldi. Oqibatda 11 kişi halok bölib, yana 16 kişi jarohatlandi.
Qayd etilişiça, yonğin avtomobillarni ijaraga beriş şoxobçasi joylaşgan binoda boşlangan va keyinçalik yaqin atrofdagi bir neçta binoga tarqalgan.
Öt öçiruvçilar taxminan ikki soat davomida alanga bilan kuraşib, uni nazorat ostiga olgan.
Jarohatlanganlarning 15 nafari Tailand, bir nafari esa Myanma fuqarosi bölgan. Politsiya ma’lumotiga köra, halok bölganlar va jarohatlanganlar orasida sayyohlar yöq. Hozirda yonğin kelib çiqiş sababi örganilmoqda.
Öşdagi dahşatli yonğinda uç qizaloq halok böldi
Qirğizistonning Öş şahrida yuz bergan dahşatli yonğinda uç nafar qizaloq halok böldi.
Qayd etilişiça, olov 3,5 soatda öçirilgan. Yonğin maydoni 120 kvadrat metrni taşkil etgan.
Bildirilişiça, yonğin joyida 2013, 2016 va 2018 yillarda tuğilgan 3 nafar bolaning jasadi topilgan, şuningdek, qizlarning otasi 1991 yilda tuğilgan erkak tanasining 60 foizi kuyiş jarohati bilan viloyat şifoxonasiga yotqizilgan. Dastlabki ma’lumotlariga köra, yonğinga oşxonadagi elektr simlarining qisqa tutaşuvi yoki elektr isitgiçdagi nosozlik sabab bölgan bölişi mumkin.
Aliyevning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari kiberhujumga uçradi
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari kiberhujumlarga uçradi. Bu haqda Ozarbayjon rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
“Tegişli tuzilmalar uşbu hujumlarning oldini oliş va ularni tergov qiliş böyiça zarur çoralarni körmoqda”, deyiladi xabarda.
Boşqa tafsilotlar keltirilmagan.
Ma’lumot uçun, Aliyevning rasmiy akkauntlari Instagram, YouTube, Facebook va X tarmoqlarida mavjud. Ularga havolalar Prezident saytida joylaştirilgan.
Xabar e’lon qilingan vaqtda Ozarbayjon yetakçisining ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari işlab turgan edi. E’lon qilingan sönggi post uning bir haftalik faoliyatiga oid video şarh bölgan. Bir neça soat avval Aliyev mamlakat televideniye va radio xodimlarini tabriklab, ularning milliy qadriyatlarni asraş va jamiyatni xabardor qilişdagi örnini alohida ta’kidlagan.
Umraga otlangan 100 dan ortiq qirğizistonlik Toşkentda qolib ketdi
Umra ziyoratiga yöl olgan 104 nafar Qirğiziston fuqarosi joriy yil 12 noyabrdan buyon Toşkentdan Saudiya Arabistoniga uçib keta olmayapti.
Ma’lumotlarga köra Toşkentda qolib ketganlarning aksariyati Jalolobod va Botken viloyatlari aholisi. Ularning köpçiligi pensiya yoşida bölib, soğliğida muammolari bor.
Deputat Burul Omanovaning aytişiça ziyoratçilarga 16 noyabr kuni keçqurun uçib ketişni taşkil etişga va’da berilgan. Biroq fuqarolarning özlari reyslar haqida aniq ma’lumot taqdim etilmagani sababli şunçaki yaşab turgan joylaridan çiqarib yuborilişidan xavotirlanmoqda.
Burul Omonova “Nur-Umra” kompaniyasi vakillari bilan boğlangan. Uning sözlariga köra, kompaniyadagilar agar ziyoratçilarning har biri qöşimça 400 dollardan tölasa, ularni manzilga jönatişga tayyor ekanliklarini bildirgan. Fuqarolar bu şartga rozi emas: ular safar xarajatlarini allaqaçon tölab bölgan va deputatning ma’lum qilişiça, ilgari ham yana 100 dollardan qöşimça pul tölaşga majbur bölgan.
Deputat IIV va muftiyatni vaziyatga oydinlik kiritişga hamda fuqarolarga yordam berişga çaqirgan.
Çilonzorda Nexia daraxtga urilib, bölinib ketdi. 3 kişi halok böldi
Joriy yilning 16 noyabr kuni tongda Toşkent şahrining Çilonzor tumanida Nexia-3 yöl çetidagi daraxtga urilib, bölinib ketdi. Hodisa oqibatida 3 kişi halok böldi.
Qayd etilişiça, soat 04:50 larda Çilonzor tumani Bunyodkor şohköçasida Nexia-3 rusumli avtotransport vositasini boşqarib ketayotgan 2008 yilda tuğilgan haydovçi rul boşqaruvini yöqotgan. Oqibatda avtomobil yöl çetidagi daraxtga borib urilib, YTH sodir etgan. Dastlabki ma’lumotga köra, YTHga avtoulov rul boşqaruvida vujudga kelgan texnik nosozlik sabab bölgan.
Hodisa oqibatida haydovçi va uning yonida bölgan 2 nafar yölovçi şifoxonada vafot etgan.
Bildirilişiça, hozirda mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB Tergov boşqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi tegişli qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi