Surxondaryoda 20 sotix davlat yerini 500 mln sömga sotmoqçi bölgan şaxs uşlandi
3-sahifa
−
09:29 802 2 daqiqa
Surxondaryo viloyatining Denov tumanida davlat zaxirasidagi 20 sotix yaylov yerini 500 million sömga sotişni va’da qilgan şaxs uşlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Aniqlanişiça, 1980 yilda tuğilgan, Denov tumanida yaşovçi va qorovul bölib işlaydigan fuqaro 1986 yilda tuğilgan Sariosiyo tumani fuqarosiga Oybarak mahallasida joylaşgan davlat zaxirasidagi 20 sotix yaylov yer maydonini öziniki sifatida taniştirgan.
U har bir sotix yer uçun 25 million sömdan, jami 500 million söm talab qilgan. Şuningdek, yuqori lavozimlarda işlaydigan tanişlari orqali yer hujjatlarini xaridor nomiga rasmiylaştirib berişini bildirgan.
Tezkor tadbir davomida gumonlanuvçi kelişilgan pulning bir qismi – 14 ming AQŞ dollari va 62 million sömni, jami 230 million söm miqdoridagi mablağni olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) hamda 211-moddasi 3-qismi “a” bandi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumanida 36 gektar davlat zaxirasidagi yer maydonini 18,5 ming AQŞ dollariga sotmoqçi bölgan şaxs qölga olingani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiShavkat Mirziyoyev Ummonga bordi
16 Noyabr
Bangladeshda tikuvchilar ish tashlamoqda
16 Noyabr