Farğonada hokim yordamçisi iPhone’ni pora sifatida olayotganda uşlandi
3-sahifa
−
11:10 696 1 daqiqa
Farğona viloyatining Beşariq tumanida hokim yordamçisi fuqaroga 150 mln söm kredit olib beriş evaziga iPhone 17 Pro Max olgan vaqtida uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Qayd etilişiça, Boş prokuratura huzuridagi departamentning Beşariq tumani bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda “Qörğonça” MFY böyiça hokim yordamçisi D.X. fuqaro M.Y.ga tijorat bankida işlovçi tanişlari orqali 150 mln sömlik kredit ajratib berişi evaziga iPhone 17 Pro Max rusumli uyali aloqa vositasini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimi örinbosari va Davlat kadastrlari palatasining tuman filiali mansabdori 30 ming dollar pora bilan uşlangan edi.
Live
Barchasi