Nafsiga qul bölganlar. Ğazodagi uruşning begunoh qurbonlari — Qalampir.uz dayjesti
Tahlil
−
12 Noyabr 410 5 daqiqa
Kun davomida Özbekiston va jahon miqyosida sodir bölgan muhim hodisalar tafsiloti bilan Qalampir.uz dayjesti.
Sönggi 24 soat içida respublikaning turli hududlarida tört mansabdor pora bilan qölga tuşdi.
Farğonada hokim yordamçisi iPhone telefonini pora sifatida olayotganda uşlandi
Farğonadan boşlaymiz. Viloyatning Beşariq tumani “Qörğonça” MFY böyiça hokim yordamçisi fuqaroga 150 mln söm kredit olib beriş evaziga iPhone 17 Pro Max telefonini olgan vaqtida qölga olingan.
Paxtaobod hokimi örinbosari 30 ming dollar pora bilan uşlandi
Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokim örinbosari va Davlat kadastrlari palatasining tuman filiali mansabdori 30 ming dollar pora bilan uşlangan. Qayd etilişiça, mansabdor şaxslar özaro til biriktirib, xizmat mavqelaridan foydalangan holda tadbirkorlik bilan şuğullanmoqçi bölgan fuqaroning işonçiga kirgan.
Ular tuman hokimligi zaxirasida bölgan 50 sotix yer maydonini onlayn auksion savdolari orqali arzon narxda mazkur fuqaro nomiga yutib beriş evaziga 100 ming AQŞ dollari talab qilgan.
Şeriklar söralgan pul mablaği hisobidan 30 ming AQŞ dollarini uçinçi şaxs orqali olgan vaqtlarida uşlangan.
Qibrayda mansabdor 5 ming dollar pora bilan uşlandi
Toşkent viloyatining Qibray tumanida esa suv yetkazib beriş xizmati muassasasi rahbari 5 ming AQŞ dollari pora olayotgan vaqtida qölga tuşgan. U fuqaroning uyini noqonuniy qurilgan deb topiş masalasini hal qilib beriş evaziga 16 ming dollar talab qilgan.
Aniqlanişiça, tumanda yaşovçi fuqaroning uyi ruxsatnoma asosida qurilgan bölsa-da, muassasa rahbari xonadon suv oqadigan kanalga yaqin joylaşganini vaj qilib, uni noqonuniy qurilgan deb e’tiroz bildirgan.
Uşbu masalani respublikada işlovçi mansabdor şaxslar orqali hal qilib berişni va’da qilgan rahbar tovlamaçilik yöli bilan fuqarodan 16 ming dollar talab qilgan. U oldindan 5 ming dollarni xizmat xonasida olayotgan vaqtida tezkor tadbir iştirokçilari tomonidan uşlangan.
Uçala holat böyiça Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Tojikistonda 2 mingdan ortiq davlat hujjati SI yordamida öğirlandi
Qozoğiston bilan aloqador xakerlar guruhi sun’iy intellektdan foydalanib, Tojikistonning milliy xavfsizlikka oid 2 mingdan ortiq davlat hujjatini öğirladi.
Ma’lum qilinişiça, Singapurda joylaşgan CloudSek kompaniyasi xakerlar faoliyatini kuzatiş davomida ularning Hermes deb nomlangan oçiq kodli, avtonom sun’iy intellekt agentlari tizimidan foydalanganini aniqlagan. Xakerlar serverni internetda oçiq qoldirib ketgani sababli kompaniya ularning faoliyatini foş etgan.
Ma’lumotlarga köra, xakerlar taxminan joriy yilining avgust oyi örtalarida Hermes yordamida razvedka işlarini olib borgan. Oradan bir neça hafta ötib, ular Tojikistonning elektron hujjatlar tizimiga kirişga muvaffaq bölgan.
Şundan söng sun’iy intellekt agenti hujjatlarni yuklab oliş, tartibga soliş va ularni öğirlaşni osonlaştiriş uçun kiçik hajmdagi qismlarga ajratişga möljallangan maxsus dastur yozgan.
Kompaniya aniqlagan ma’lumotlar orasida xakerlarning sun’iy intellekt agentiga bergan körsatmalari ham bölgan. Unda Hermes özini kiberhujumlarni amalga oşirişga ixtisoslaşgan mutaxassis sifatida tutişi, hujumlarni rejalaştirişi, bajarişi va natijalar böyiça hisobot tayyorlaşi kerakligi körsatilgan.
CloudSek xakerlar guruhini “Silent Lynx” deb atagan. Boşqa tadqiqotçilar ham uşbu guruhni Qozoğiston bilan boğlagan. Xakerlar rus tilida muloqot qilgan, Qozoğistondagi iş vaqtiga mos ravişda faoliyat yuritgan va serverga köpinça Qozoğistondagi uy interneti orqali kirgan.
Isroilning Ğazodagi şifoxonaga hujumi oqibatida 6 kişi halok böldi
Isroil harbiylari Ğazo sektori janubidagi Nosir şifoxonasiga zarba berdi. Oqibatda 6 kişi halok bölgan, kamida 12 kişi jarohatlangan.
Hujum Xon-Yunus şahrida joylaşgan şifoxonaga uyuştirilgan. Ğazo Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotiga köra, zarba tibbiyot muassasasining jarrohlik bölimiga berilgan. Halok bölganlar orasida bir nafar şifokor ham bor. Zarba oqibatida binoning ikkinçi qavatining bir qismi vayron bölgan.
Isroil armiyasi hujumni tasdiqlagan. Harbiylar zarba “HAMASning yuqori martabali a’zosi” va boşqa jangçilarga qaratilganini bildirgan, biroq bu da’voni tasdiqlovçi dalillarni taqdim etmagan.
Xon-Yunusdagi Nosir şifoxonasi uruş oqibatida Ğazoda faoliyatini davom ettirayotgan sanoqli tibbiyot muassasalaridan biri hisoblanadi. Isroil HAMAS va uning ittifoqçilarini harbiy faoliyat uçun şifoxonalardan foydalanişda ayblab keladi.
Rektorlar birin-ketin işdan olinyapti
Joriy yilning 6 noyabr kuni Ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov ötkazgan yiğilişda Özbekistondagi 5 ta OTM, jumladan, Özbekiston davlat jahon tillari universiteti va Samarqand davlat çet tillari instituti rektorlari lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgan edi. Biroq Erkinjon Turdimov rektorlarning lavozimidan ozod etilgani haqidagi xabarlarni rad etib, “Men hali beşta rektor emas, bittasini ham işdan olmadim. Yiğilişda beşta emas, törtta rektorni qattiq ogohlantirdim” degan edi. Ammo şu kunlarda Toşkent kimyo-texnologiya instituti rektori Botir Usmonov va Özbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Töxtasinov “öz xohişiga köra”, lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilindi. Şu bilan birga dastlabki röyxatda nomi qayd etilgan Samarqand davlat çet tillar instituti rektori Bahodir Holiqov ham lavozimidan ozod etilgani rasman tasdiqlandi.
Rossiyada qiyin ahvolda qolgan ona va bolalari Özbekistonga qaytarildi
Rossiyaning Novosibirsk şahrida migratsiya qonunçiligini buzgani uçun vaqtinça saqlaş markaziga joylaştirilgan özbekistonlik ayol ozod qilindi. Uning 2 yoşdan 12 yoşgaça bölgan farzandlari ham onasi bilan birga Özbekistonga qaytarildi.
Ma’lum qilinişiça, ayolning voyaga yetmagan farzandlari onasi vaqtinça saqlaş markaziga joylaştirilganidan söng Novosibirskdagi uyiga olib ketilgan. Özbekistonning Novosibirskdagi Boş konsulxonasi diplomatlari bir kun içida vaqtinça saqlaş markazi hamda Gödaklar uyi rahbariyati bilan muzokaralar ötkazgan. Natijada ayolning ozod qilinişiga erişilib, uning Özbekistonga qaytişi uçun zarur hujjatlar rasmiylaştirilgan.
Jasmina Murtazoyeva
Live
Barchasi“Demokrat.uz” rahbari qamaldi
12 Noyabr