Paxtaobod hokimi örinbosari 30 ming dollar pora bilan uşlandi (video)

3-sahifa

−

image

Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimi örinbosari va Davlat kadastrlari palatasining tuman filiali mansabdori 30 ming dollar pora bilan uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimi örinbosari va Davlat kadastrlari palatasining tuman filiali mansabdori özaro til biriktirib, xizmat mavqelaridan foydalangan holda tadbirkorlik bilan şuğullanmoqçi bölgan fuqaroning işonçiga kirgan.

Ular tuman hokimligi zaxirasida bölgan 50 sotix yer maydonini onlayn auksion savdolari orqali arzon narxda mazkur fuqaro nomiga yutib beriş evaziga 100 ming AQŞ dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Boş prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda uşbu ikki mansabdor şaxs söralgan pul mablaği hisobidan 30 ming AQŞ dollarini uçinçi şaxs orqali olgan vaqtlarida ularning noqonuniy harakatlariga çek qöyilgan.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” va “g” bandlari hamda 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan viloyatida tadbirkorga tegişli yer maydonini olib qöyiş bilan tahdid qilgan hokim örinbosari 65 mln söm pora bilan uşlangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing