Umraga otlangan 100 dan ortiq qirğizistonlik Toşkentda qolib ketdi
Olam
−
16:19 253 2 daqiqa
Umra ziyoratiga yöl olgan 104 nafar Qirğiziston fuqarosi joriy yil 12 noyabrdan buyon Toşkentdan Saudiya Arabistoniga uçib keta olmayapti. Bu haqda bugun, 16 noyabr kuni Jogorku Keneşning Mehnat, soğliqni saqlaş, xotin-qizlar işlari va ijtimoiy masalalar qömitasi yiğilişida deputat Burul Amanova ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, Toşkentda qolib ketganlarning aksariyati Jalolobod va Botken viloyatlari aholisi. Ularning köpçiligi pensiya yoşida bölib, soğliğida muammolari bor.
Deputatning aytişiça, bugun, 16 noyabr ziyoratçilarga keçqurun uçib ketişni taşkil etişga va’da berilgan. Biroq fuqarolarning özlari reyslar haqida aniq ma’lumot taqdim etilmagani sababli şunçaki yaşab turgan joylaridan çiqarib yuborilişidan xavotirlanmoqda.
Burul Omonova “Nur-Umra” kompaniyasi vakillari bilan boğlangan. Uning sözlariga köra, kompaniyadagilar agar ziyoratçilarning har biri qöşimça 400 dollardan tölasa, ularni manzilga jönatişga tayyor ekanliklarini bildirgan. Fuqarolar bu şartga rozi emas: ular safar xarajatlarini allaqaçon tölab bölgan va deputatning ma’lum qilişiça, ilgari ham yana 100 dollardan qöşimça pul tölaşga majbur bölgan.
Deputat IIV va muftiyatni vaziyatga oydinlik kiritişga hamda fuqarolarga yordam berişga çaqirgan.
Ma’lumot uçun, joriy yilning 13 noyabr kuni Qirğiziston musulmonlari diniy boşqarmasi fuqarolarni Umra safari uçun sayyohlik kompaniyalarini diqqat bilan tanlaşga çaqirgan. Muftiyat “Nur-Umra” kompaniyasi faoliyati ustidan bir neça bor telefon orqali murojaatlar va rasmiy şikoyatlar kelib tuşganini ma’lum qilgan.
Ma’lumotlarga köra, kompaniya ziyoratçilarni “Umra” yagona elektron ilovasida röyxatdan ötkazmasdan safarga jönatgan. Şu munosabat bilan ixtisoslaştirilgan bölim tegişli dalolatnoma tuzgan. Kompaniya vakillariga bir neça bor qönğiroq qilinib, ogohlantiriş berilgan.
Şu bilan birga, 13 noyabrdagi murojaatida muftiyat 100 dan ortiq Qirğiziston fuqarosi bir neça kundan beri Toşkentdan uçib keta olmayotgani haqida xabar bermagan. Idora faqat kompaniya faoliyati masalasi idoralararo komissiya körib çiqişi uçun topşirilganini qayd etgan. Tekşiruv yakunlari böyiça qonunçilikka muvofiq çoralar körilişi va’da qilingan.
Live
Barchasi