Öşdagi dahşatli yonğinda uç qizaloq halok böldi (video)
Olam
−
13:19 708 1 daqiqa
Qirğizistonning Öş şahrida yuz bergan dahşatli yonğinda uç nafar qizaloq halok böldi, ularning otasi tanasining 60 foizi kuyiş jarohati bilan şifoxonaga yotqizildi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, fojia keça, 15 noyabr kuni sodir bölgan. Usta Abduhalil köçasidagi xususiy uyda alanga soat 04:00 atrofida boşlangan, biroq yonğin xizmatiga qönğiroq oradan 40 daqiqa ötgaçgina kelib tuşgan. Olovni 3,5 soatdan söng öçirişga muvaffaq bölingan. Yonğin maydoni 120 kvadrat metrni taşkil etgan.
Bildirilişiça, yonğin joyida 2013, 2016 va 2018 yillarda tuğilgan uç nafar bolaning jasadi topilgan, şuningdek, 1991 yilda tuğilgan erkak tanasining 60 foizi kuyiş jarohati bilan viloyat şifoxonasiga yotqizilgan.
FVVning dastlabki ma’lumotlariga köra, yonğinga oşxonadagi elektr simlarining qisqa tutaşuvi yoki elektr isitgiçdagi nosozlik sabab bölgan bölişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tailand janubidagi Pxuket kurort orolida joylaşgan savdo binosida yonğin sodir bölgandi. Oqibatda 11 kişi halok bölib, yana 16 kişi jarohatlangan edi.
Live
Barchasi