Toşkentda ikki yigit 40 ming söm uçun fuqaroga piçoq öqtaldi (video)

3-sahifa

−

image

Toşkent şahrining Olmazor metro bekati yaqinida ikki nafar yigit fuqaroni piçoq bilan qörqitib, undan 40 ming söm pulini tortib oldi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, hodisa tungi soat 23:00 atrofida sodir bölgan. Dastlab, gumonlanuvçilardan biri jinoiy niyatini amalga oşiriş uçun hamkasbiga qönğiroq qilib, piçoq olib kelişini söragan. Hamkasbi esa işlaydigan joyidan piçoqni olib, uning yoniga borgan.

Şundan söng, yigit metro bekati yaqinida uçragan fuqaroni ta’qib qilib, piçoq bilan qörqitgan va uning 40 ming söm pulini tortib olgan. Keyin esa voqea joyidan yaşiringan.

Gumonlanuvçilarning biri öz körsatmasida sodir etgan işidan puşaymonligini bildirib, bu holat unga katta saboq bölganini aytgan. Piçoqni olib kelgan ikkinçi yigit esa şerigining fuqaroga hujum qilganini körmaganini ta’kidlagan.

Qayd etilişiça, gumonlanuvçilarning biri 19, ikkinçisi esa 20 yoşda. Voqea joyida qöllanilgan piçoq aşyoviy dalil sifatida Ekspert-kriminalistika markazida tekşirilgan.

Bildirilişiça, holat yuzasidan Çilonzor tumani Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş bölimi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi (bosqinçilik) ikkinçi qismi “a” va “b” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçilarga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrida keksa yoşli ayolni urib, sumkasi bilan birga 12 mln söm pulini öğirlagan 3 nafar erkak qölga olingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing