Toshkentda onaxonni urib, uning 12 mln so‘m pulini o‘g‘irlaganlar ushlandi (video)
3-sahifa
−
04 aprel 5992 2 daqiqa
Toshkent shahrida keksa yoshli ayolni urib, sumkasi bilan birga 12 mln so‘m pulini o‘g‘irlagan 3 nafar erkak qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar Bektemir tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi navbatchilik qismiga fuqarolardan biri bosqinchilik qurboniga aylangani bo‘yicha murojaat tushgan. Ma’lum bo‘lishicha, 3 nafar erkak o‘zaro til biriktirib, jabrlanuvchi ayolni urgan va tan jarohati yetkazib, uning 12 million so‘m puli hamda boshqa mol-mulklarini egallab, voqea joyidan yashiringan.
Ushbu bosqinchilikni sodir etganlikda gumonlanib, 3 nafar shaxs qo‘lga olingan va daliliy ashyolar protsessual tartibda rasmiylashtirilib, tergov bo‘limiga topshirilgan.
“Pullarni hisoblaganimizda 12 million so‘m chiqdi. Ikkalamiz 6 million so‘mdan bo‘lishdik. Shu qilgan ishlarimdan mingdan ming pushaymonman. Shu onajondan ham mingdan ming uzr so‘rayman”, deydi gumonlanuvchilardan biri.
Joriy yilning 23 mart kuni mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi (bosqinchilik) 2-qismi “b” bandi bilan ayblov e’lon qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Ma’lumot uchun, bosqinchilik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib sodir etilgan jinoyat uchun Jinoyat kodeksining 164-moddasiga binoan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatida APK fayllar tarqatib, odamlarning 2 mlrd pulini o‘margan shaxs ushlangan edi.
Live
BarchasiO‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi
12 aprel