APK fayllar tarqatib, odamlardan 2 mlrd pul “shilgan” shaxs ushlandi (video)
3-sahifa
−
28 mart 8051 2 daqiqa
Navoiy viloyatida APK fayllar tarqatib, odamlarning 2 mlrd pulini o‘margan shaxs ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro turmush o‘rtog‘iga tegishli bo‘lgan bank plastik kartasidan 22 million so‘m pullar sirli ravishda g‘oyib bo‘lgani haqida Ichki ishlar organlariga murojaat qilgan.
Tezkor tadbirlar davomida bu shaxs 2004 yilda tug‘ilgan sirdaryolik yigit ekanligi, fuqarolarga Paynet to‘lov tizimida doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi haqidagi yolg‘on xabarlarni tarqatgan. U turli viloyatlarda yashovchi 9 nafar shaxslarni shartnoma asosida yakka tartibdagi tadbirkorga aylantirgan.
Ularning hisoblaridan foydalanib, APK virusli ilovadan zararlangan fuqarolarning bank kartalaridan pullarini yechib olib, har bir tranzaksiya uchun 5-7 foiz ulush olib turgan.
Tezkor qidiruv tadbirida Navoiy viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, axborot-texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan qonunbuzar qo‘lga olinib, sodir etilgan 121 ta kiber jinoyatlar fosh etilgan.
Ushbu shaxs shu kunga qadar Telegram’da virusli ilovani tarqatish orqali Navoiy viloyatida, qolaversa, respublikaning boshqa hududlarida yashovchi jami 201 nafar fuqarolarning bank kartalarida mavjud bo‘lgan umumiy hisobdagi 2 milliard so‘mdan ortiq miqdordagi pul mablag‘larini yashirin ravishda talon-taroj qilgan. Qo‘lga kiritgan pul mablag‘larini o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Ushbu shaxsga nisbatan hozirgi kunda Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzda ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Buxoro tumanida joylashgan savdo majmualarining birida o‘g‘rilik jinoyati sodir etgan shaxs Navoiy shahrida ushlangandi.
Live
Barchasi