Umraga yuborişni va’da qilib, fuqarolardan minglab dollar olganlar uşlandi
3-sahifa
−
12:41 363 2 daqiqa
Navoiy, Namangan va Farğona viloyatlarida fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuboriş evaziga pul olgan 3 kişi uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida yaşovçi, 1979 yilda tuğilgan şaxs ikki nafar fuqaroni Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan 2,5 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida qölga olingan. U turistik firmalarda işlaydigan tanişlari orqali ziyoratni taşkil etişini aytgan.
Namangan şahrida esa 1981 yilda tuğilgan fuqaro özini turistik firma vakili sifatida taniştirib, 3 kişini Umraga yuboriş uçun jami 3 150 dollar talab qilgan. U oldindan 1 100 dollarni olgan vaqtida uşlangan. Ma’lum bölişiça, mazkur şaxs avval ham bir neça bor firibgarlik jinoyati uçun sudlangan va ayni paytda probatsiya nazorati ostida bölgan.
Şuningdek, Qöqon şahrida turistik firma rahbari ham qölga olingan. U Umra ziyoratini taşkil etiş huquqiga ega bölmagan holda ikki nafar fuqaroni yuboriş evaziga 2 300 dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Bildirilişiça, holatlar yuzasidan barça 3 nafar şaxsga nisbatan jinoyat işlari qözğatilgan. Ularga Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) tegişli qismlari bilan ayblovlar qöyilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatida 3 nafar fuqaroni tegişli ruxsatnomaga ega bölmagan turfirma orqali Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilgan şaxs 3 300 dollar va 1,2 million söm olayotgan vaqtida qölga olingani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi