Sirdaryoda Umraga yuboriş uçun 3 400 dollar talab qilgan şaxs uşlandi

3-sahifa

−

image

Sirdaryo viloyatida uç nafar fuqaroni tegişli ruxsatnomaga ega bölmagan turfirma orqali Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilgan şaxs 3 300 dollar va 1,2 million söm olayotgan vaqtida qölga olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, “Xavfsiz va soğlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri doirasida DXX hamda Sirdaryo viloyati Içki işlar boşqarmasi tezkor xodimlari Guliston şahrida tezkor tadbir ötkazgan.

Unda 1979 yilda tuğilgan, Jizzax viloyati Mirzaçöl tumanida yaşovçi şaxs uç nafar fuqaroni Saudiya Arabistonida faoliyat yurituvçi, tegişli ruxsatnomaga ega bölmagan turfirma orqali Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilgani aniqlangan. Buning evaziga u 3 400 AQŞ dollari talab qilgan.

Tezkor tadbir davomida gumonlanuvçi kelişilgan pulning 3 300 dollari hamda 1 million 200 ming sömini olayotgan vaqtida xolislar iştirokida uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand va Guliston şaharlarida fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan 6 995 dollar olgan ikki şaxs uşlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing