Toşkentda qolib ketgan qirğizistonlik ziyoratçilarning taqdiri nima böldi?

Olam

−

image

Umra ziyoratiga ketayotib Toşkentda qolib ketgan qirğizistonlik ziyoratçilar masalasini hal etiş işlari davom etmoqda. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Muftiyatning Umra bölimi rahbari Azizbek Tutaşpayevning naşrga ma’lum qilişiça, 147 kişidan 47 nafari Umra amallarini bajariş uçun uçib ketgan.

Uning sözlariga köra, ziyoratçilarning bir qismi safarni mustaqil ravişda davom ettirişga qaror qilgan. Taxminan 20 nafar kişi yölni özlari davom ettirişlari va keyingi yönaliş uçun javobgarlikni öz zimmalariga olişlari haqida tilxat yozib bergan.

Qolgan ziyoratçilar soniga hozirda aniqlik kiritilmoqda. Ularni vataniga qaytariş rejalaştirilgan.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 12 noyabr kuni “Nur Umra Trevel” kompaniyasidan yöllanma sotib olgan 100 dan ortiq qirğizistonlik ziyoratçi Saudiya Arabistoniga ketayotib Toşkentda qolib ketgan edi. Ularning aksariyatida viza va aviaçiptalar bölmagan. Turkompaniya rahbari Bişkekda firibgarlikda gumonlanib qölga olingan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing