Toşkent viloyatida Cobalt Çirçiq daryosiga tuşib ketdi (video)
O‘zbekiston
−
17:02 449 1 daqiqa
Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumanida Çirçiq daryosiga tuşib ketgan Cobalt rusumli avtomobil qutqaruvçilar tomonidan suvdan olib çiqildi. Avtomobilda bölgan haydovçi esa mustaqil ravişda qutulib qolgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, joriy yilning 18 noyabr kuni soat 14:50 da Toşkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga Yuqori Çirçiq tumanidagi “Sakson ota” MFY hududidan oqib ötuvçi Çirçiq daryosiga Cobalt rusumli avtomobil tuşib ketgani haqida xabar kelib tuşgan.
Xabarga asosan, viloyat FVB qutqaruvçilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, maxsus texnika va qutqaruv asbob-anjomlari yordamida avtomobilni daryodan olib çiqqan.
Vazirlikning ma’lum qilişiça, avtomobilda yolğiz bölgan haydovçi transport vositasi suvga tuşgan vaqtda öz harakatlari bilan taşqariga çiqib olgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Yangixayot tumanida kanalga tuşib ketgan erkak suv oqimida taxminan 300 metr masofaga oqib ketganidan söng qutqarib qolingani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi