Ikki viloyatda 334,7 mln sömlik gaz ömarildi
3-sahifa
−
10:23 796 1 daqiqa
Toşkent viloyatining Böstonliq va Farğona viloyatining Furqat tumanlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş holatlari aniqlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Böstonliq tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda fuqaro H.Ç. “Pargos” MFY hududidagi xonadonda tabiiy gaz hisoblagiçiga taşqi ta’sir körsatib, 227 mln sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Departamentning Furqat tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda fuqaro E.X. xonadonida umumiy foydalanişdagi tabiiy gaz tarmoğiga özboşimçalik bilan töğridan-töğri ulanib, 107,7 mln sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi ma’lum bölgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona viloyatining Qöqon şahrida 6 mlrd sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş holati aniqlangan edi.
Live
Barchasi