Özbekiston dzyudosiga 24 yildan keyin jahon çempionligi qaytdi
Sport
−
14:37 854 2 daqiqa
Özbekistonlik Muhammadjon Maşaripov Toşkentda ötkazilayotgan yoşlar örtasidagi jahon çempionatida oltin medalni qölga kiritdi. Bu haqda Özbekiston dzyudo federatsiyasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, -60 kilogramm vazn toifasida iştirok etgan Maşaripov finalda AQŞ vakili Jonatan Yangga qarşi tatamiga çiqdi. Jahon reytingida birinçi örinda turgan amerikalik sportçiga qarşi keçgan bellaşuvning asosiy vaqtida ğolib aniqlanmadi. Qöşimça vaqt – “Golden Score”da esa özbekistonlik dzyudoçi ustunlikka erişib, çempionlikni qölga kiritdi.
Ma’lum qilinişiça, bu Özbekiston vakilining yoşlar örtasidagi jahon çempionatida -60 kilogramm vazn toifasida 24 yillik tanaffusdan söng qölga kiritgan ilk oltin medalidir. Sönggi bor 2002 yilda Janubiy Koreyaning Çeju orolida ötkazilgan musobaqada Sanjar Zokirov uşbu vaznda jahon çempioni bölgan. U finalda Qozoğiston vakili Aset Tusupovni mağlub etgan.
Keyingi yillarda özbekistonlik dzyudoçilar mazkur vazn toifasida jahon çempionatining bir neça bor sovrindoriga aylangan. Xususan, 2008 yilda Ğabit Yesimbetov bronza, 2013 yilda Diyorbek Örazboyev kumuş, 2024 yilda Murodil Murodillayev va 2025 yilda Samariddin Qöçqorov bronza medallarini qölga kiritgan.
Qayd etilişiça, 2025 yilda Peruning Lima şahrida ötkazilgan çempionatda Jonatan Yang ham bronza medaliga sazovor bölgan. Bu yil esa u finalda Muhammadjon Maşaripovga imkoniyatni boy berdi.
Şuningdek, yangi jahon çempionining tayyorgarligiga 2013 yilgi yoşlar örtasidagi jahon çempionatining kumuş medali sohibi Diyorbek Örazboyev mas’ul bölgan.
Eslatib ötamiz, 2024 yilgi Parij Olimpiadasi çempioni, özbekistonlik dzyudoçi Diyora Keldiyorova ijtimoiy tarmoqlarda yaponiyalik dzyudoçi Uta Abe bilan taqqoslanişini Lionel Messi va Kriştianu Ronaldu örtasidagi raqobatga öxşatgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi