Toşkent avtobuslaridagi qoraytirilgan oynalar yuzasidan tuşuntiriş berildi
O‘zbekiston
−
11:10 313 2 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahridagi avtobuslar oynalarining qoraytirilişi yölovçilarga taşqarini körişda noqulaylik tuğdirayotgani, ayrim avtobuslarda esa bekatlar nomini körsatuvçi elektron tablolar işlamayotgani tanqid qilindi. “Toşşahartransxizmat” AJ uşbu murojaatlarga munosabat bildirib, oynalar nima maqsadda qoraytirilgani va elektron tablolarning holati böyiça izoh berdi.
Kompaniya ma’lumotiga köra, avtobus oynalari yozda yölovçilarni quyoş nurlarining bevosita ta’siridan himoya qiliş, salonning ortiqça qizib ketişining oldini oliş hamda konditsioner samaradorligini oşiriş maqsadida maxsus qoraytirilgan. Bu orqali salondagi mö’tadil haroratni saqlaş va konditsioner hosil qilgan salqinlikni uzoqroq ta’minlaş közlangan.
Şu bilan birga, kompaniya keçki payt va bulutli ob-havo şaroitida qoraytirilgan oynalar yölovçilarga taşqarini kuzatişda muayyan noqulayliklar tuğdirişi mumkinligini ham tan olgan.
Bundan taşqari, avtobus salonlarida örnatilgan bekatlar nomini körsatuvçi elektron axborot tablolari muntazam nazorat qilib borilişi ma’lum qilingan. Qurilmalarda aniqlangan texnik nosozliklarni bartaraf etiş va ularning uzluksiz işlaşini ta’minlaş böyiça çoralar körilmoqda.
“Toşşahartransxizmat” jamoatçilik tomonidan bildirilayotgan taklif va e’tirozlar transport xizmatlari sifatini yaxşilaşda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlagan. Kompaniya ular inobatga olinişini bildirgan.
Live
Barchasi