Avtobus gaz taşuvçi yuk maşinasi bilan töqnaşib, yonib ketdi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
09:20 3416 2 daqiqa
Pokistonning janubi-ğarbidagi Balujiston viloyatida yölovçi avtobusi suyultirilgan gaz (LPG) taşiyotgan yuk maşinasi bilan töqnaşib, yonib ketdi. Hodisa oqibatida 10 kişi, jumladan, uç nafar bola halok böldi, 27 kişi jarohatlandi. Bu haqda “Arab News” xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, hodisa keça, 19 noyabr kuni Karaçi va Gvadar şaharlarini boğlaydigan N-10 sohil avtomobil yölida yuz bergan. Turbat şahridan Karaçiga ketayotgan yölovçi avtobusi Ormara şahridan qariyb 60 kilometr uzoqlikdagi Taji Kor hududida gaz taşuvçi yuk maşinasi bilan töqnaşgan.
.png)
Sohil avtomobil yöli politsiyasi boşliği Aslam Bangulzayning ma’lum qilişiça, dastlab avariya oqibatida yetti kişi halok bölgani aniqlangan. Ularning beş nafari avtobus yölovçilari, ikki nafari esa gaz taşuvçi yuk maşinasi haydovçilari bölgan. Keyinçalik qutqaruvçilar avtobus qoldiqlari orasidan yana uç kişining jasadini topgan. Halok bölganlar orasida uç nafar bola ham bor.
Politsiya avariyaga avtobus haydovçisining yuqori tezlikda boşqa transport vositasini quvib ötişga uringani sabab bölganini bildirgan. Töqnaşuvdan söng ikkala transport vositasida ham yonğin çiqqan. Avtobus butunlay yonib ketgan.
.png)
Hodisa oqibatida jarohatlangan 27 kişi, jumladan, ayollar va bolalar Ormara şahridagi Pokiston harbiy-dengiz kuçlari şifoxonasiga olib borilgan. Ularning soğliği haqida hozirça ma’lumot berilmagan.
Bangulzayning aytişiça, qutqaruvçilar yonib ketgan avtobus vayronalarini tekşirişda davom etmoqda. Şu sababli halok bölganlar soni yana ortişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Hindistonda Amritsar–Nyu-Jalpayguri yönalişida harakatlanayotgan poyezdda yonğin çiqişi oqibatida 1500 nafarga yaqin yölovçi evakuatsiya qilingan edi. Hodisa oqibatida 16 nafar yölovçi şifoxonaga murojaat qilgan, ulardan sakkiz nafari yengil kuyiş jarohatini olgan.
Live
Barchasi