Yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli ferma işçisi halok böldi
Olam
−
10:18 1075 2 daqiqa
Pokistonning Lohur şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada vafot etdi. Ferma egasi va yana bir kişi hodisaga aloqadorlikda gumonlanib, qölga olindi. Bu haqda “Dawn” naşri xabar berdi.
Naşrning yozişiça, Nauman ismli kontent yaratuvçi ijtimoiy tarmoqqa joylaş uçun video tasvirga oliş maqsadida Lohur şahrining Kahna hududidagi fermaga borgan. Şu vaqt fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qilgan.
Yigit oğir jarohatlar bilan şifoxonaga olib borilgan, biroq şifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan.
Politsiya ma’lumotiga köra, hodisani it hujumi sifatida körsatib, yaşirişga urinişgan. Biroq tekşiruv davomida yigitga aynan yölbars hujum qilgani aniqlangan.
Hodisa yuzasidan ferma egasi va ijtimoiy tarmoq uçun kontent yaratuvçi Nauman hamda yana bir kişi qölga olingan. Yölbars esa yovvoyi tabiatni muhofaza qiliş xizmati xodimlariga topşirilgan.
Hozirda mutasaddilar fermada yölbars boqiş uçun tegişli ruxsatnoma bölgan-bölmaganini va xavfsizlik çoralari talabga javob bergan-bermaganini tekşirmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yangi Gvineyaning Port-Morsbi şahridagi “Adventure Park” hayvonot boğida timsoh boğ xodimiga hujum qilib, uni öldirgan edi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr