Myanmada maktabga uyuştirilgan hujumda 30 kişi halok böldi
Olam
−
198 2 daqiqa
Myanmaning markaziy qismidagi isyonçilar nazoratidagi qişloqda joriy yilning 26 noyabr kuni maktabga uyuştirilgan havo hujumi oqibatida kamida 30 kişi halok böldi. Qurbonlar orasida çaqaloq va bir neça maktab öquvçilari ham bor. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, hujum Magvey mintaqasining Sinbaungve şaharçasidagi maktab va monastir joylaşgan majmuada sodir bölgan. Guvohlarning sözlariga köra, hodisa diniy marosim vaqtida yuz bergan.
Muxolifat va hududiy muvaqqat hukumatning qöşma bayonotida hujum oqibatida tinç aholi vakillari va isyonçi kuçlarning ayrim a’zolari halok bölgani aytilgan. Mahalliy guvoh hududda hujum vaqtida faol töqnaşuvlar bölmaganini bildirgan.
Harbiylar bilan aloqador Telegram-kanallarda hujum isyonçi kuçlarning yiğilişi va bitiruv marosimiga qarşi amalga oşirilgani haqida xabarlar tarqalgan. Biroq Myanma harbiylari hodisa yuzasidan hozirça rasmiy izoh bermagan.
Muxolifat hujumni asossiz deb atab, uni uruş jinoyati va Jeneva konvensiyasi buzilişi sifatida baholagan. Şuningdek, ular hodisa yuzasidan dalillar töplayotgani va kelgusida xalqaro huquqiy jarayonlarda foydalanişni rejalaştirayotganini bildirgan.
Myanmadagi fuqarolar uruşi 2021 yilda harbiylar hokimiyatni egallab olganidan keyin boşlangan. Ma’lumotlarga köra, mojaro oqibatida qariyb 100 ming kişi halok bölgan, 3,5 milliondan ortiq odam öz uyini tark etişga majbur bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Afğonistonning Kunar viloyatidagi maktab yaqinida sodir bölgan portlaş oqibatida 7 kişi halok bölgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barçasi