Ukraina dronlari Stavropoldagi IESga hujum qildi
Olam
−
1869 2 daqiqa
Rossiyaning Stavropol ölkasidagi Nevinnomissk şahrida Ukraina dronlarining sanoat infratuzilmasiga uyuştirgan hujumi oqibatida ikki kişi jarohatlandi. Şuningdek, işlab çiqariş va energetika ob’ektlari yaqinida urib tuşirilgan dronlarning parçalari qulab, bir neçta bino şikastlandi. Bu haqda viloyat gubernatori Vladimir Vladimirov ma’lum qildi.
Avvalroq, “Astra” naşri Nevinnomissk issiqlik elektr stansiyasi (IES) Ukraina dronlari hujumiga uçraganini xabar qilgan edi. Naşr kuzatuv kameralari tasvirlarini tahlil qilib, hujum stansiyaning 410 megavatt quvvatga ega PGU-410 buğ-gaz energiya blokiga qaratilganini aniqlagan. Monitoring kanallari şaharda 30 dan ortiq portlaş ovozi eşitilgani va havo hujumidan mudofaa tizimlari işlaganini bildirgan.
Gubernatorning aytişiça, dronlar hujumi vaqtida maktab binosi va universitet filiali ham şikastlangan. Şu sababli şahardagi maktablar, universitetlar va kollejlarda bugun, 26 noyabr kuni darslar masofaviy şaklda ötkazilmoqda. Ikki kişi şifokorlarga murojaat qilgan, ularga tibbiy yordam körsatilgan. Jarohatlanganlarning hayotiga xavf yöq.
Vladimirov şahardagi barça hayotiy ta’minot tizimlari odatdagidek işlayotganini bildirgan. Favqulodda xizmatlar va tegişli idoralar hujum oqibatlarini bartaraf etmoqda.
Nevinnomissk IES “EL5-Energo” kompaniyasiga tegişli bölib, Şimoliy Kavkaz va Rossiyaning janubiy hududlariga elektr energiyasi yetkazib beradi. Stansiya yaqinida “EuroChem” guruhiga kiruvçi “Nevinnomisskiy Azot” kimyo zavodi joylaşgan. Uşbu korxona IESning yirik iste’molçilaridan biri hisoblanadi.
“Nevinnomisskiy Azot” zavodi Rossiya harbiy-sanoat majmuasi korxonalarida portlovçi moddalar işlab çiqarişda işlatiladigan sirka kislotasini yetkazib beradi. Korxona Rossiyaning Ukrainaga qarşi keng kölamli uruşi boşlanganidan beri bir neça bor hujumga uçragan. 2026 yil may oyidagi hujumda zavodning ikki nafar xodimi jarohatlangan edi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina dronlari Rossiyaning Samara viloyatiga hujum qilgan edi. Hujum oqibatida bir kişi halok bölgan.
Live
Barçasi