Polşa NATOdan Ukraina osmonida Rossiya raketalarini urib tuşirişni söradi
Olam
−
1989 5 daqiqa
Polşa NATOdan Rossiya raketalari ittifoqdoş davlatlar hududi tomon yönaltirilgan taqdirda, ularni Ukraina osmonidayoq urib tuşirişni taklif qildi. Biroq alyans bu taşabbus böyiça hozirça bir qarorga kelmagan. Bu haqda “Gazeta” naşri xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, joriy yilning 23 noyabr kuni Bryusselda bölib ötgan NATO doimiy vakillari yiğilişida Polşa vakillari Rossiya raketalarini Ukraina hududi ustidan töxtatiş taklifini ilgari surgan. “Bloomberg” manbalariga köra, ayrim ittifoqçilar bu ğoyani qöllab-quvvatlagan, ammo yakuniy qaror qabul qilinmagan.
25 noyabr kuni Polşa Mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamiş RMF FM radiostansiyasiga bergan intervyusida ittifoqçilarning bunday harakatlarga tayyorligi va qat’iyatini hali körmayotganini aytgan. Şu kuni Polşa taşqi işlar vaziri Radoslav Sikorskiy ham Ukraina osmonida Rossiya raketalarini urib tuşiriş taşabbusini qöllab-quvvatlagan. Uning aytişiça, Kiyevning özi ham ittifoqçilardan bunday yordam söramoqda. Sikorskiy bu harakatni zaruriy mudofaa doirasida köriş mumkinligini ta’kidlagan.
“Bloomberg” qayd etişiça, ittifoqçilar hozirgaça raketalarni uşlab qoliş uçun qanday kuç va vositalardan foydalaniş masalasini batafsil muhokama qilmagan. Buning uçun NATO harbiylari Ukraina havo hududiga kirişi, Kiyev bilan hamkorlik qilişi va alyans qömondonligi bilan harakatlarini muvofiqlaştirişi talab etilişi mumkin. Bunday qarorni qabul qiliş uçun barça a’zo davlatlarning roziligi kerak, ammo hozirça bu borada yagona pozitsiya mavjud emas.
Polşada nima sodir böldi?
Ma’lum qilinişiça, Varşavaning yangi taklifi Polşa havo hududida sodir bölgan bir qator hodisalardan keyin ilgari surilgan. 20 noyabr kuni Ukrainaga qarşi keng kölamli hujum vaqtida Polşa şarqida uçta havo ob’ekti qulab tuşgan. Ular Novi Lipovets, Rudnik-nad-Sanem va Molodiç qişloqlari yaqinidan topilgan.
Dastlab Polşa harbiylari bu ob’ektlarni ikkita raketa va reaktiv dvigatelli dron deb taxmin qilgan. Biroq 22 noyabr kuni Lyublin prokuraturasi uçala joydan ham Rossiyaning X-101 qanotli raketalari qoldiqlari topilganini ma’lum qilgan. Öşa paytda Polşada bir neça ming nafar yevropalik harbiy xizmatçi maşğulotlar ötkazayotgan edi. Ular harbiy harakatlar töxtatilganidan keyin Ukrainada xalqaro kuçlarni joylaştirişga tayyorgarlik körayotgan bölgan. Hodisalar oqibatida heç kim jabrlanmagan.
Polşa Boş vaziri Donald Tusk havo hududining buzilişi Rossiya tomonidan ataylab uyuştirilgan provokatsiya bölişi mumkinligini aytgan. Rossiyaning Polşadagi elçixonasi esa Varşava tomonidan ilgari surilgan ayblovlarni rad etgan. Diplomatik vakolatxona bayonotida Rossiya elçisi bu da’volarni asossiz, isbotlanmagan va dalillar bilan tasdiqlanmagan deb atagan.
23 noyabr kuni Polşa taşabbusi bilan Şimoliy Atlantika kengaşining favqulodda yiğilişi ötkazilgan. Unda Varşava vakillari tergov natijalarini taqdim etib, NATOning şarqiy qanotini himoya qilişni kuçaytirişni taklif qilgan.
Polşa tomonining ma’lum qilişiça, yiğilişdan söng alyans qömondonligi mamlakatga havodagi tahdidlarni erta aniqlaş uçun AWACS samolyotini joylaştirişga qaror qilgan. Qöşimça kuçlarni yuboriş imkoniyati ham körib çiqilmoqda. 24 noyabr kuni keçasi esa Polşa harbiylari yangi hodisa haqida xabar bergan. Ularning aytişiça, Ukrainaga navbatdagi hujum vaqtida Rossiya droni qisqa muddatga Polşa havo hududiga kirgan.
Polşa avval ham şunday taklif bilan çiqqan
Rossiya raketalarini Polşa çegarasini kesib ötişidan oldin töxtatiş ğoyasi 2024 yilda ham ilgari surilgan. Öşa yilning iyul oyida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev va Varşava Ukraina hududi ustidan Rossiya raketalarini urib tuşiriş imkoniyatini körib çiqayotganini aytgan. Polşa Taşqi işlar vaziri Radoslav Sikorskiy ham bunday imkoniyatni qöllab-quvvatlagan. Uning tuşuntirişiça, raketalarni Polşa hududi ustida uşlab qoliş ularning qoldiqlari aholi uçun qöşimça xavf tuğdirişi mumkin.
Biroq Varşava ittifoqçilarning roziligisiz bunday harakatni amalga oşirmagan. Öşa vaqtda NATO boş kotibi Yens Stoltenberg alyans kuçlari tomonidan Ukraina osmonida Rossiya raketalarini urib tuşiriş taklifiga qarşi çiqqan. U NATO Kiyevga qurol-yaroğ yetkazib berişda davom etişini, ammo Rossiyaga qarşi bevosita harbiy harakatlarda iştirok etmasligini ta’kidlagan.
2024 yil sentyabr oyida Sikorskiy bu masalani yana kötargan. U Polşa Ukrainaga yönaltirilgan Rossiya raketalarini Ukraina osmonida urib tuşira boşlasa, bu özini himoya qiliş çorasi bölişini aytgan. 2026 yil avgust oyida ham Polşa taşqi işlar vaziri uşbu taşabbusni yana ilgari surgan, ammo ittifoqçilar örtasida kelişuvga erişilmagan.
Nega NATO davlatlari yagona qarorga kela olmayapti?
Asosiy kelişmovçilik NATOning Ukrainadagi uruşga harbiy aralaşuvi çegaralari bilan boğliq. Hozirda alyansga a’zo davlatlar öz havo hududlarini himoya qiliş uçun havo mudofaasi vositalaridan foydalanişi mumkin. Biroq Ukraina osmonida Rossiya raketalarini urib tuşiriş NATO hududidan taşqarida harbiy operatsiya ötkazişni anglatadi.
“Bloomberg” naşri ta’kidlaşiça, bu NATO va Rossiya örtasida töğridan töğri harbiy töqnaşuv xavfini oşirişi mumkin. Şuningdek, ittifoqçilar qaysi nişonlarni urib tuşiriş mumkinligi, bunday qarorni kim qabul qilişi va ma’lumotlar Ukraina harbiylaridan NATO qömondonligiga qançalik tez yetkazilişi masalalarini ham kelişib olişi kerak. Hozirça bu masalalar böyiça barça a’zo davlatlar örtasida kelişuv mavjud emas.
Live
Barçasi