Britaniya 100 ming askardan uruşga tayyor turişni söradi – OAV
Olam
−
1050 2 daqiqa
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi sovuq uruş davridan beri ilk bor zaxiradagilardan ehtimoliy uruşga tayyor turişni söradi. Bu haqda “The Telegraph” xabar berdi.
Naşr ma’lumotlariga köra, strategik rezervning taxminan 100 ming nafar harbiy xizmatçisi tayyorgarlik va maşğulotlarda, xususan, kelasi bahorda bölib ötadigan NATOning Steadfast Defender manyovrlarida ixtiyoriy iştirok etiş taklifi bilan xatlar olgan. Ulardan, şuningdek, aloqa ma’lumotlarini yangilaş hamda hozirgi iş joyi va kasbiy könikmalari haqida ma’lumot taqdim etiş söralgan.
Murojaatlar yaqinda armiyadan böşagan, biroq favqulodda vaziyatlarda xizmatga çaqirilişi mumkin bölgan faxriylarga ham yuborilgan.
“Bu xatlar zaxiradagilarning hoziroq xizmatga çaqirilişini anglatmaydi. Bu şunçaki taşkiliy iş: biz uçun çaqiruvga tortilişi mumkin bölganlar bilan qanday boğlanişni biliş hamda ularning könikmalari va tajribasi haqida dolzarb ma’lumotlarga ega böliş muhim”, deya qayd etgan faxriylar işlari vaziri Kelvin Beyli.
Mamlakat Mudofaa vazirligi xatlar yuborilişini “tiyib turiş salohiyatini” mustahkamlaşga qaratilgan va ehtimoliy mojaro xavfini kamaytirişga yordam beruvçi “amaliy qadam” deb tuşuntirgan.
“Telegraph” ma’lumotlariga köra, Britaniya Şimoliy Atlantika şartnomasining a’zo davlatlarni qurolli hujumga qarşi turiş uçun öz mudofaa imkoniyatlarini rivojlantiriş va özaro yordam körsatiş majburiyatini yuklovçi 3-moddasiga “jiddiyroq” yondaşa boşlamoqda. Bu jarayon Britaniya armiyasi sonining Napoleon uruşlari davridan beri eng minimal darajagaça qisqarişi fonida yuz bermoqda: ayni paytda xizmatdagi harbiylar soni 73 ming kişiga yaqinlaşgan. Mudofaa vaziri Ues Striting mamlakat 1000 kundan söng “ittifoqçilar bilan birgalikda jang qiliş va ğalaba qozonişga tayyor bölişi” kerakligini ta’kidlagan.
Bungaça NATO Boş kotibi Mark Ryutte alyans mamlakatlarini ehtimoliy uruşga nafaqat qurolli kuçlarni, balki aholini ham tayyorlaşga çaqirgan. Uning sözlariga köra, bu masalada boşqalardan “sezilarli darajada oldinda” borayotgan Norvegiya, Şvetsiya, Daniya va Finlyandiyadan örnak oliş zarur. Ryutte Rossiya tomonidan böladigan tahdid hatto Ukrainaga qarşi uruş tugaganidan keyin ham yöqolmasligini urğulagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Yevropa yetakçilarining Rossiya tahdidi haqidagi bayonotlarini “siyosiy diareya” deb atagan edi.
Live
Barçasi