Putin Ukrainaga NATOning 5-moddasidagi xavfsizlik kafolatlari berilişiga rozi – WP

Olam

−

visibility693 timer2 daqiqa

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQŞ va Yevropa mamlakatlarining Ukrainaga Şimoliy Atlantika şartnomasining 5-moddasi namunasida xavfsizlik kafolatlarini taqdim etişiga şaxsiy tartibda rozilik berdi. Bu haqda keça, 22 noyabr kuni muzokaralarga yaqin manbaga tayanib, “The Washington Post” gazetasi kolumnisti Devid Ignatius xabar berdi.

Naşrning yozişiça, bunday ehtimoliy kelişuv doirasida Rossiyaga nisbatan sanksiyalar yumşatiladi, biroq Moskva ehtimoliy bosqin uçun yana qöşin töplay boşlasa, çeklovlar qayta tiklanadi. Naşr ma’lumotlariga köra, Vaşington Ukrainada NATO bazalarini joylaştirişdan voz keçiş evaziga Moskvaga öt oçiş töxtatilgandan söng öz kuçlarini çegaradan olib ketişni taklif qilgan. Agar Rossiya qöşinlari yana hujumga ötadigan bölsa, alyans kuçlari zudlik bilan Ukraina hududiga kiradi.

Jurnalistlar suhbatdoşining aytişiça, AQŞ va Yevropa vakillari Rossiya tomonidan kelişuvlarga rioya etilişini nazorat qiliş mexanizmlarini hamda yangi inqiroz yuzaga kelgan taqdirda tezkor aloqani yölga qöyiş usullarini ham muhokama qilgan. Rossiya rasmiylari hozirça uşbu masala böyiça izoh bergani yöq.

Joriy yilning 19 noyabr kuni AQŞ Prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Jared Kuşner Vaşington Moskvadan Ukrainaga Şimoliy Atlantika şartnomasining 5-moddasi modeli böyiça xavfsizlik kafolatlarini berişga rozilik olişga muvaffaq bölganini ma’lum qilgan. Şundan söng, Rossiya Taşqi işlar vaziri örinbosari Sergey Ryabkov Kreml Ukrainaning NATOga amalda yoki qisman a’zo bölişini nazarda tutuvçi heç qanday kelişuvlarga rozi bölmasligini bildirdi. 

“Bu sohada qandaydir, qöştirnoq içida aytganda, kreativ yeçim izlaş biz uçun nomaqbul variant”, degan rossiyalik diplomat.

Şimoliy Atlantika şartnomasining 5-moddasida NATOning bir a’zosiga qilingan qurolli hujum barça a’zolarga qilingan hujum sifatida baholanişi va har bir a’zoning unga yordam körsatiş majburiyatini harakatga keltirişi belgilangan. Avvalroq, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev va Vaşington uşbu modda mazmunini bir xil talqin qilayotganiga şubha bildirgan. Uning sözlariga köra, mazkur modda Ukraina hududida hamkor davlatlarning muayyan kuçlari mavjud bölişini nazarda tutadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing