Rossiya va Ukraina Rojdestvogaça sulhga erişişi mumkin – Melaniya Tramp

Olam

−

image

AQŞ birinçi xonimi Melaniya Tramp Rossiya va Ukraina örtasida Rojdestvo bayramiga qadar sulh kelişuviga erişiş imkoniyati borligini aytdi. Uning ta’kidlaşiça, bu borada AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari örtasida muzokaralar olib borilmoqda. Bu haqda Melaniya Tramp “Fox News” efirida gapirdi.

Ma’lum qilinişiça, telekanal boşlovçilari birinçi xonimdan yaqinlaşayotgan bayramlar munosabati bilan nimani köproq kutayotganini söragan. Bunga javoban u dunyoda tinçlik örnatilişini va, ayniqsa, sulh kelişuvlariga erişilişini istaşini bildirgan.

“Agar Ukraina va Rossiya buni xohlasa, biz sulhga juda tez erişişimiz mumkin. Bu borada allaqaçon muzokaralar olib borilmoqda. Şu sababli Rojdestvogaça yana bir sulh kelişuvi bölişi mumkin. Umid qilamanki, şunday böladi”, degan Melaniya Tramp.

Rossiya va Ukraina tomoni hozirça mazkur bayonot yuzasidan munosabat bildirmagan. Melaniya Tramp aynan qanday sulh kelişuvi haqida gapirayotganiga aniqlik kiritmagan. Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donetsk viloyatining Kostyantinovka şahrida Ukraina bilan hamkorlikda gumanitar operatsiya ötkazişni taklif qilgan edi.

Şuningdek, Rossiya va Ukraina rasmiylari ma’lumotlariga köra, Melaniya Tramp avvalroq Xerson viloyatidagi Oleşki şahrida gumanitar missiyani taşkil etişda muhim vositaçilik rolini bajargan.

Ma’lumot uçun, AQŞ va Ukrainada Rojdestvo 25 dekabr kuni, Rossiyada esa 7 yanvar kuni nişonlanadi. 2023 yilda Rossiya Rojdestvo munosabati bilan bir tomonlama sulh e’lon qilgan, biroq şunga qaramay, harbiy harakatlar davom etgan. Keyingi yillarda esa Rojdestvo munosabati bilan sulh e’lon qilinmagan.

Eslatib ötamiz, AQŞ ma’muriyati Rossiya va Ukraina örtasidagi tinçlik kelişuviga 2027 yil yanvar oyi boşiga qadar erişişni rejalaştirayotgani haqida xabar berilgan edi. Vaşington uşbu muddatga Demokratik partiya AQŞ Kongressining har ikki palatasi ustidan nazoratni qölga kiritişidan oldin yetişni maqsad qilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing