Rossiya Ukraina şaharlariga raketa va dronlar bilan hujum qildi. Qurbonlar bor (video)

Olam

−

image

Keça, 20 noyabr keçqurun va bugun, 21 noyabrga ötar keçasi Rossiya qöşinlari Ukrainaning bir qator hududlariga havo hujumlarini amalga oşirdi. Krivoy Rogdagi zarbalar oqibatida ikki kişi halok böldi, 58 kişi jarohatlandi. Bu haqda “Novaya gazeta Yevropa” xabar berdi. 

Ma’lum qilinişiça, halok bölganlar 20 yoşli feldşer va yetti yoşli bola bölgan. Vilkulning sözlariga köra, bola hujum paytida döstlari bilan restoranning bolalar maydonçasida öynayotgan edi. Jarohatlanganlar orasida olti nafar bola, tibbiyot xodimlari va qutqaruvçilar ham bor. Hozirda 28 kişi, jumladan, beş nafar bola şifoxonada qolmoqda. Ularning 11 nafari oğir ahvolda, beş nafari reanimatsiya bölimida davolanyapti.

Dastlab Rossiya kuçlari şahar markazidagi aholi yaşaş hududiga ikkita ballistik raketa bilan zarba bergan. Qutqaruv işlari boşlanganidan keyin esa tibbiyot xodimlari, qutqaruvçilar va kommunal xizmatlar vakillari işlayotgan hududga uçta “Şahid” droni orqali hujum qilingan. Şu kuni keçqurun yana bir dron sanoat ob’ektini nişonga olgan.

Hujumlar oqibatida 25 ga yaqin köp qavatli uy, şifoxona, ta’lim muassasalari, restoran, tadbirkorlik ob’ektlari, tez yordam maşinalari va aholi avtomobillariga zarar yetgan. Şuningdek, şaharda suv, gaz va elektr ta’minoti uzilgan. Tongga qadar törtta yonğin öçirilgan, tiklaş işlari davom etmoqda. Rossiyaning boşqa hududlarga bergan zarbalari oqibatida ham odamlar jarohatlangan.

Xususan, Xarkov viloyatining Solonitsevka qişloğida dron beş qavatli turar-joy binosiga kelib urilgan. Ukraina Favqulodda vaziyatlar xizmati ma’lumotiga köra, hodisa oqibatida 11 kişi, jumladan, ikki nafar bola jarohatlangan. Binoning törtinçi va beşinçi qavatlaridagi xonadonlar hamda texnik qavatning bir qismi yongan. Qöşni uylar va avtomobillar ham zarar körgan.

Rovno viloyatidagi fuqarolik korxonasiga berilgan zarba oqibatida bir kişi jarohatlangan. Favqulodda vaziyatlar xizmati xabar berişiça, bino vayron bölgan va yonğin öçirilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Qurolli kuçlari Qrim köprigiga yana hujum qilgani, buning ortidan Qrim va Krasnodar ölkasida raketa xavfi e’lon qilinib, köprikda avtomobillar harakati töxtatilgani haqida xabar berilgan edi. Şuningdek, Vladimir Putin Rossiya uşbu hujumlarga javob qaytarişi va zarbalar Kiyev uçun ança oğir bölişini bildirgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing