AQŞ Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşni yanvargaça tugatmoqçi
Olam
−
13:09 423 2 daqiqa
AQŞ ma’muriyati Rossiya va Ukraina örtasidagi tinçlik kelişuviga 2027 yil yanvar oyi boşiga qadar erişilişini istamoqda. Vaşington bu muddatga Demokratik partiya AQŞ Kongressining har ikki palatasi ustidan nazoratni qölga kiritişidan oldin yetişni rejalaştirmoqda. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, AQŞ muzokaraçilari Oq uyning uşbu rejasini Yevropa va Ukraina rasmiylariga yetkazgan. Vaşington vakillari sönggi kunlarda Rossiya, Ukraina va Yevropa rasmiylari bilan uçraşuvlar ötkazib, tinçlik kelişuviga tezroq erişiş zarurligini ta’kidlagan. Yevropalik mulozimlardan birining aytişiça, amerikaliklar muzokaralarda tomonlarga jiddiy bosim ötkazmoqda. Şu bilan birga, kelişuvga erişiş uçun Ukraina katta yon berişlarga majbur bölişi mumkinligidan xavotirlar bor.
“Amerikaliklar şoşilmoqda, Putin esa şoşilmayapti”, degan manbalardan biri.
Yana bir rasmiyning ta’kidlaşiça, AQŞ Prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putinga nisbatan ijobiy munosabatda va uruşni yanvar oyiga qadar yakunlaşni istamoqda. 20 noyabr kuni bölib ötgan matbuot anjumanida Tramp Xitoydagi uç tomonlama sammit doirasida Putin bilan Ukraina masalasida juda yaxşi muzokaralar ötkazganini aytgan.
AQŞ Prezidentining sözlariga köra, Rossiya rahbari uruşni diplomatik yöl bilan hal qiliş istagini aniq bildirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq , Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQŞ, Rossiya va Xitoy rahbarlari xohiş bildirsa, Ukrainadagi uruşni bitta uçraşuvdayoq yakunlaş mumkinligini aytgan edi. Uning fikriça, AQŞ va Xitoy Rossiyaga qarşi sanksiyalar joriy etsa yoki bunday çoralar bilan tahdid qilsa, Moskva uruşni töxtatişga majbur böladi.
https://qalampir.uz/news/tramp-putin-va-si-tszin-pin-istasa-urush-bitta-uchrashuvda-tugashi-mumkin-zelenskiy-146593
Live
Barchasi