Rossiya dronlari va raketalari Polşaga “xatolik tufayli” qulagan – Tramp

Olam

−

image

AQŞ Prezidenti Donald Tramp Rossiyaning uçuvçisiz uçiş apparatlari va “bir juft kiçik raketalari” Polşa hududiga tasodifan qulab tuşganini aytdi. Bu haqda u “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida söz oçdi.

Tramp aynan qaysi hodisalar haqida söz borayotgani va nima sababdan ularni tasodif deb hisoblaşiga aniqlik kiritmagan. U jurnalistlar bilan Xitoydan Vaşingtonga qaytayotganda – Varşava 20 noyabrga ötar keçasi Polşa hududiga uçta Rossiya ob’ekti qulagani haqida xabar berişidan oldinroq suhbatlaşgan.
 
Jurnalist Trampdan AQŞ Prezidentining Şençjendagi Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammitidagi uçraşuv çoğida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni “öz dösti” deb ataganiga Polşa Boş vaziri Donald Tuskning bildirgan munosabati haqida söragan. 

“Xudoyim, bizni bunday döstlardan özing asra”, deb yozgan edi Tusk. 

Tramp esa “bu borada heç narsa qila olmasligi” bilan javob qaytargan.

Öşa intervyuning özida Trampning sözlariga qaraganda, u Tuskni Polşa Prezidenti Karol Navrotskiy bilan adaştirib yuborgan. U Polşa Boş vazirini qöllab-quvvatlaganini va u ilgari “öninçi örinda” bölişiga qaramay, aynan uning yordami tufayli saylovlarda ğalaba qozonganini aytgan. Iyun oyida Tramp xuddi şu hikoyani 2025 yilgi prezidentlik saylovlarida ğolib çiqqan Navrotskiy haqida sözlab bergan.

Eslatib ötamiz, bugun, 20 noyabr kuni ertalab Polşa Mudofaa vazirligi Rossiyaning Ukrainaga bergan ommaviy zarbasi vaqtida mamlakat hududiga uçta Rossiya ob’ekti qulagani haqida xabar berdi. Ulardan biri X-101 qanotli raketasi ekani aniqlangan. Heç kim jabrlanmagan. Tusk ob’ektlarning Ukrainani qöllab-quvvatlovçi davlatlar maşğulotlari ötkazilayotgan joy yaqiniga qulaşi ataylab uyuştirilgan provokatsiyaga öxşaşini aytdi. 20 noyabrga ötar keçasi çegaradoş ikki voyevodalikda havo trevogasi e’lon qilingan, Jeşuv aeroporti esa vaqtinça yopilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing