Putin, Si va Tramp muzokaralari yakuni böyiça deklaratsiya qabul qilindi
Olam
−
18:39 472 2 daqiqa
Bugun, 19 noyabr kuni Rossiya, AQŞ va Xitoy yetakçilari Vladimir Putin, Donald Tramp va Si Szinpinning uç tomonlama uçraşuvi yakunlari böyiça davlat rahbarlarining tinçlik töğrisidagi qöşma deklaratsiyasi qabul qilindi. Hujjatni Kreml e’lon qildi.
“Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va Amerika Qöşma Ştatlari Prezidenti Donald Tramp 2026 yil 19 noyabr kuni Şençjenda uçraşuv ötkazdilar. Rossiya va AQŞ davlat rahbarlari uşbu tarixiy uç tomonlama Sammitni taşkil etgani va ötkazgani uçun Xitoyga minnatdorlik bildirdilar. Uç davlat rahbarlari joriy xalqaro vaziyat yuzasidan batafsil fikr almaşdilar hamda strategik barqarorlik va xalqaro xavfsizlikni qöllab-quvvatlaşga sodiq ekanliklarini izhor etdilar”, deyiladi deklaratsiyada.
Şuningdek, hujjatda 4 ta band bor:
- BMT Xavfsizlik Kengaşining doimiy a’zolari sifatida Rossiya, Xitoy va AQŞ BMT global çaqiriqlarga yanada samarali javob berişi hamda xalqaro tinçlik va xavfsizlik sohasidagi özining asosiy missiyasiga muvofiq bölişi uçun BMTni isloh qilişga sodiq ekanliklarini bildirgan;
- Uç davlat barça mamlakatlar farovonligi yölida neftni qayta işlaş mahsulotlarini işlab çiqariş va yetkazib beriş hajmini oşirişni rejalaştirmoqda. Ular barqaror energiya ta’minotining muhimligini tasdiqlagan;
- Uç davlat rahbarlari davlatlarning roziligi tamoyili va davlatlar rasmiy şaxslarining daxlsizligiga rioya etilişi fundamental ahamiyatga ega ekanini qayd etgan hamda Xalqaro jinoiy sud va boşqa şunga öxşaş tuzilmalar öz vakolatlarini suiiste’mol qilmasliklari kerakligiga qöşilgan;
- Uç davlat rahbarlari yadro uruşida ğoliblar bölişi mumkin emasligini va u heç qaçon boşlanmasligi kerakligini tasdiqlagan. Uç mamlakat yadroviy xatarlarni kamaytiriş va yadro quroli tarqalişining oldini oliş böyiça muloqot olib boradi.
Eslatib ötamiz, uç mamlakat yetakçilarining tarixdagi ilk muzokaralari APEC sammiti doirasida bölib ötdi va bir yarim soat davom etdi. Uçraşuv boşida Putin, Si va Tramp qutlov sözi bilan çiqiş qildi, şundan söng muzokaralar yopiq eşiklar ortida davom etdi.
Live
Barchasi