Yevropa Rossiyaga Ukrainaga ajratganidan köproq mablağ töladi

Olam

−

image

Yevropa Ittifoqi va unga a’zo davlatlar 2022 yildan 2026 yil oktyabr oyi örtalariga qadar Ukrainaga qariyb 231,5 milliard yevro miqdorida yordam ajratgan. Şu davrda Yevropa davlatlaridan Rossiyaga energiya resurslari, jumladan, gaz uçun 232,05 milliard yevro tölangan. Bu haqda ”Korrespondent.net” xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, bu raqamlar Yevropa komissiyasining Germaniya Erkin demokratik partiyasidan Yevropa parlamenti deputati Morits Kyorner söroviga bergan javobida keltirilgan. Kyorner Yevropa Ittifoqining Rossiyaga nisbatan siyosatini tanqid qilib, bu holat Yevropa harakatlarida izçillik yöqligini körsatişini ta’kidlagan. Uning aytişiça, Yevropa Rossiyaning energetika sohasini moliyalaştirişga Ukrainaga qarşilik körsatiş uçun ajratayotgan mablağiga teng miqdorda pul sarflamoqda. Şu bilan birga, uruş nega töxtamayotganidan hayron böliş notöğri ekanini qayd etgan.

Ayrim Yevropa davlatlarida Rossiyaga tölangan mablağ va Ukrainaga körsatilgan yordam örtasidagi farq yanada katta. Jumladan, Fransiya Rossiyaga qariyb 40 milliard yevro tölagan bölsa, Ukrainaga yordam sifatida taxminan 16 milliard yevro ajratgan. Italiyada ham şunga öxşaş tafovut kuzatilgan.

Kyornerning Der Spiegel naşriga bergan intervyusida ta’kidlaşiça, Yevropa Ittifoqi Rossiyaning harbiy xazinasiga milliardlab yevro kelib tuşişiga yöl qöyayotgan bir vaqtda Ukrainaga yetarliça qat’iy yordam körsatmayapti. Deputat bunday yondaşuv uruşning uzoq davom etişiga şaroit yaratayotganini bildirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ maxsus vakillari Rossiya tomonidan Yevropa bilan kelajakdagi xavfsizlik kelişuvi böyiça yangi taklif tayyorlanişini söragani haqida xabar berilgan edi. Unda Moskvaning xavfsizlik borasidagi talab va xavotirlari, şuningdek, Yevropa bilan munosabatlardagi keskinlikni kamaytiriş uçun qanday çoralar körişga tayyorligi aks etişi kerakligi aytilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing