Yevropaning 25 davlatida yoşlar norozilik namoyişlariga çiqdi
Olam
−
10:54 219 2 daqiqa
Yevropaning kamida 25 davlatida minglab yoşlar ta’limni moliyalaştirişni oşiriş, iqlim özgarişiga qarşi çoralar köriş va majburiy harbiy xizmatni bekor qiliş talabi bilan namoyiş ötkazdi. Aksiyalar keça, 20 noyabr kuni “Kelajagimiz uçun kuraşamiz, ularning uruşlari uçun emas” şiori ostida taşkil etildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, xalqaro yoşlar iş taşlaşi doirasidagi namoyişlar Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya va Xorvatiya kabi mamlakatlarda bölib ötgan. Germaniyaning “Gen Z regelt” (“Z avlod özgariş qiladi”) harakati mamlakatning 73 ta şahri va aholi punktida namoyişlarni taşkil etgan.
Germaniya poytaxti Berlindagi Aleksandrplats maydonida taxminan 4 ming kişi töplangan. Kyoln şahridagi namoyişda ham minglab odamlar qatnaşgan. Biroq ularning soni politsiya kutgan 5 ming kişiga yetmagan.
Namoyişçilarning talablari turliça bölgan. Ular ta’lim muassasalarini moliyalaştirişni köpaytiriş, maktablar infratuzilmasini yaxşilaş, iqlim özgarişiga qarşi çoralar köriş, harbiy xarajatlarni kamaytiriş va yaşaş narxining oşişiga qarşi çiqişgan. Ayrim iştirokçilar Falastin bayroqlarini ham kötargan.
Italiyada esa namoyişlar yanada keng kölamda ötgan. Iştirokçilar Boş vazir Jorja Meloni hukumatining iqtisodiy siyosatiga qarşi çiqib, iş haqini oşiriş va davlat xizmatlariga köproq mablağ ajratişni talab qilgan. Mamlakat böylab ön minglab odamlar köçalarga çiqqan.
Qayd etilişiça, Fransiyada avvalgi namoyişlar politsiya bilan töqnaşuvlar va talon-toroj holatlari bilan keçgan bölsa, 20 noyabr kungi aksiyalar asosan tinç ötgan. Yevropaning turli şaharlarida namoyişçilarning soni bir neça yuz nafardan bir neça ming nafargaça bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Italiyada minglab işçilar, xizmatçilar va talabalar Jorja Meloni hukumati siyosati hamda 2027 yilgi byudjet loyihasiga qarşi norozilik aksiyalarida çiqqan edi.
Live
Barchasi