Dengizdan hujum
Tahlil
−
18:21 703 12 daqiqa
“Dengizlar hukmdori” öyinga qaytmoqda yoxud Buyuk Britaniya boşçiligida Yevropa Rossiyaga qarşi birlaşmoqda
Joriy yilning 10 noyabr kuni Osloda Britaniyaning HMS Prince of Wales aviataşuvçi bortida Şimoliy Yevropaning 10 ta davlati Rossiyaning dengizdagi mavjudligiga qarşi turişni nazarda tutuvçi şartnoma imzoladi.
Buyuk Britaniyaning şonli imperialistik tarixi ortida uning qudratli dengiz floti turadi. Qaçonlardir “Dengizlar hukmdori” deb atalgan qirollik bugun öşa vaqtlardan qolgan imijini qayta tiklamoqçi. Faqat bu gal maqsad dunyoning yarmini qayta egallab oliş emas, balki butun Yevropa xavfsizligiga daxl solayotgan Rossiyaga qarşi turişdir.
Rossiyaning Şimoliy Atlantikadagi harbiy faolligi Buyuk Britaniyani Şimoliy Yevropa mamlakatlari bilan dengizdagi harbiy ittifoqni rivojlantirişga undadi. Qirollik harbiy-dengiz kuçlari tomonidan e’lon qilingan Şimoliy flot taşabbusi (Northern Navies Initiative) Atlantika, Arktika va Boltiq mintaqasida Moskvaning harbiy mavjudligiga qarşi turişni öz oldiga maqsad qilib qöygan. Şu bilan birga, uşbu tuzilmaning taşkil etilişi hali qit’ada yetakçilik uçun ketayotgan kuraş fonida Buyuk Britaniyaning hanuz öyinda ekanligi va hali ham yaxşigina toş bosişini körsatib qöymoqda.
Tanganing ikkinçi tomoniga nazar solsak, bunday harbiy koalitsiyaning yuzaga kelişiga Moskva ham jim qarab turmasligi aniq. Garçi Ukrainadagi uruş tufayli Rossiya ançagina oqsab qolgan bölsa-da, hanuz Yevropa davlatlariga ta’sir qiluvçi bir neçta riçaglarga ega.
Xöş, şimol suvlarida keçayotgan geosiyosiy bellaşuv atrofida nimalar yuz bermoqda?
Rossiyaga qarşi birlaşuv
Britaniya Şimoliy Yevropada joylaşgan 10 ta davlatning harbiy-dengiz kuçlarini birlaştiriş orqali Rossiyaga qarşi mintaqaviy mudofaa salohiyatini kuçaytirişga kirişdi. 2026 yil 29 aprel kuni Buyuk Britaniya Harbiy-dengiz kuçlari ştabi boşliği, birinçi dengiz lordi general ser Gvin Jenkins Londondagi Royal United Services Institute (RUSI) tahlil markazida qilgan nutqida Northern Navies Initiative, ya’ni “Şimoliy flotlar taşabbusi” rejasini e’lon qildi. Uning asosiy maqsadi Şimoliy Yevropa mamlakatlarining tarqoq holdagi dengiz harbiy imkoniyatlarini özaro muvofiqlaştiriş, ularni yagona rejalar asosida harakat qila oladigan va zarurat tuğilganda jangga darhol kirişişga tayyor kuçga aylantirişdan iborat. Boşqaça aytganda, Yevropaning manaman degan dengiz kuçlari bir muştga jamlanmoqda va bu muşt Rossiyaga yönalgan.
Uşbu tuzilma 2014 yilda Buyuk Britaniya taşabbusi bilan taşkil etilgan boşqa bir ittifoq – Qöşma ekspeditsion kuçlar (JEF) doirasida imzolanayotgan bölib, Buyuk Britaniya Boş ştabi boşliği Riçard Naytonning ta’kidlaşiça, yangi tuzilma JEF mamlakatlari “özaro anglaşuv memorandumlari, axborot almaşinuvi va maslahatlaşuvlar”dan amaliy harakatlarga ötganini körsatadi.
“JEF özaro anglaşuv memorandumlari, fikr almaşiş va uçraşuvlardan taşqari, flotlarimiz, havo kuçlarimiz va armiyalarimiz qanday qilib birgalikda işlaşi borasida çinakam amaliy qadamlarga ötadi”, dedi Nayton.
Taşabbusning paydo bölişiga Rossiyaning Şimoliy Atlantika va Yevropa dengiz hududlaridagi harbiy faolligi, ayniqsa, suvosti operatsiyalari bilan boğliq xavotirlar turtki bölgan. Moskva uçun Şimoliy flot nafaqat mamlakatning dengizdagi harbiy qudrati, balki yadroviy tiyib turiş strategiyasining ham muhim tayançlaridan biri hisoblanadi. Rossiya suvosti kemalarining faolligi, dengiz tubidagi kommunikatsiya va energetika infratuzilmalariga nisbatan ehtimoliy tahdidlar Ğarb davlatlarini öz dengiz xavfsizligiga boşqaça qaraşga majbur qilmoqda. General Jenkins ham Rossiya NATO mamlakatlarining imkoniyatlarini, ayniqsa, suvosti makonidagi zaif nuqtalarini sinovdan ötkazayotganini ta’kidlagan.
“Rossiyada zamonaviy suvosti kemalari, uzoq masofaga möljallangan aniq zarba beruvçi qurollar hamda çuqur suv ostida harakatlaniş uçun möljallangan maxsus tizimlar saqlanib qolmoqda. Rossiya razvedka ötkazmoqda, sinovdan ötkazmoqda va xaritalaştirmoqda. U “kulrang hudud”da, ayniqsa, zamonaviy jamiyatlarimiz tayanadigan muhim suvosti infratuzilmasi atrofida ustunlikka erişişga intilmoqda”, deydi u.
Jenkinsning ta’kidlaşiça, yangi tuzilma “ittifoqçi flotlar oilasi” tamoyili asosida şakllantiriladi. Bu şuni anglatadiki, endi ittifoqçilarning flotlari örtasida yagona standart yölga qöyiladi. Umumiy raqamli va taktik tarmoq işga tuşirilişi hamda yagona operativ qömondonlikning taşkil etilişi bir neçta davlatlarning dengiz kuçlarini yanada samarali harakat qilişga yordam beradi.
Bundan taşqari, bir mamlakat flotiga tegişli kemada boşqa davlat mutaxassislari ham xizmat qilişi, hamkor davlatlarning texnik jihozlari, ehtiyot qismlari va öq-dorilaridan umumiy tartibda foydalanilişi közda tutilgan. Şuningdek, davlatlar yagona logistika tizimlari va harbiy zaxiralardan foydalaniş, birgalikda maşqlar ötkaziş hamda umumiy operatsiya rejalarini işlab çiqiş imkoniyatiga ega böladi.
Britaniya uçun bu taşabbusning yana bir muhim jihati bor. Bu ham bölsa, mamlakatning Yevropa xavfsizligidagi harbiy-siyosiy rolini mustahkamlaşdir. London Brexitʼdan keyin ham Yevropa mudofaasidagi ta’sirini saqlab qoliş va hatto kuçaytirişga intilmoqda. Şu nuqtai nazardan, Northern Navies Initiative şunçaki dengiz kemalarini birlaştiriş loyihasi emas. U Britaniyaning mintaqadagi harbiy yetakçiligini mustahkamlaş, Yevropa davlatlarining mudofaa mas’uliyatini oşiriş va Rossiyani Şimoliy dengiz çegaralarida tiyib turişga qaratilgan kengroq strategiyaning bir qismi hisoblanadi.
Şimoliy Atlantikani himoya qiliş
Northern Navies Initiative taşkil etilişi ortida turgan sabablar Rossiyaga qarşi turiş va uni dengizdan böğiş ekanligi oçiqçasiga aytilmoqda.
Asosiy maqsadlardan biri – Rossiyaning Şimoliy Atlantikadagi harbiy faolligini tiyib turişdir. Moskva uçun bu hudud mamlakatning harbiy-strategik manfaatlari va yadroviy tiyib turiş tizimi bilan bevosita boğliq. Rossiyaning asosiy harbiy-dengiz kuçlaridan biri bölgan Şimoliy flot Murmansk viloyatida joylaşgan bölib, uning tarkibida strategik yadroviy zarba beriş imkoniyatiga ega suvosti kemalari va boşqa turdagi harbiy kemalar mavjud. Ularning bir qismi Arktika va Şimoliy Atlantikada faoliyat yuritadi. Şu sababli bu hududdagi har qanday harbiy harakat nafaqat mintaqaviy xavfsizlik, balki Rossiya va NATO örtasidagi strategik kuçlar muvozanatiga ham ta’sir körsatişi mumkin.
Britaniya harbiy rahbariyatini, ayniqsa Rossiya suvosti kemalarining harakati va ularning dengiz tubidagi infratuzilmalarga nisbatan tahdidlari taşvişga solmoqda. Çunki bugungi kunda davlatlarning xavfsizligi faqat quruqlikdagi çegaralar yoki havo hududini himoya qiliş bilan çeklanmaydi. Yevropa va Şimoliy Amerika örtasidagi internet aloqasi, xalqaro ma’lumotlar uzatilişi va energetika ta’minotining katta qismi okean tubidan ötkazilgan kabellar hamda quvurlarga boğliq. Ularning işdan çiqişi butun mintaqada internet, moliyaviy operatsiyalar va davlat xizmatlarining faoliyatiga jiddiy zarar yetkazişi mumkin.
Bu borada Şimoliy Atlantikadagi GIUK yölagi, ya’ni Grenlandiya, Islandiya va Buyuk Britaniya örtasidagi oraliq alohida strategik ahamiyatga ega. U Rossiyaning Şimoliy flotidan çiqqan suvosti kemalari Atlantika okeaniga yönalişi mumkin bölgan muhim yölaklardan biri hisoblanadi. NATO uçun bu hududni kuzatiş va nazorat qiliş Yevropa hamda Şimoliy Amerika örtasidagi harbiy ta’minot yöllarini himoya qilişda muhim. Zero, ehtimoliy mojaro yuzaga kelgan taqdirda AQŞdan Yevropa davlatlariga harbiy kuçlar va texnika yetkazib berişda Atlantika dengiz yöllari hal qiluvçi ahamiyat kasb etadi. Rossiya suvosti kemalarining mazkur hududdagi faolligi esa Ğarb uçun ana şu strategik yöllarning xavfsizligiga oid savollarni kun tartibiga olib çiqmoqda.
2026 yil 8 noyabr kuni Moldova 1 naşri Britaniya Qurolli kuçlari Boş ştabi boşliği, aviamarşal Riçard Naytonning Financial Times naşriga bergan intervyusi asosida bu xavotirlar yanada kuçayganini yozdi. Nayton Şimoliy Yevropa davlatlari Rossiya suvosti kemalarini kuzatiş, dengizdagi savdo yöllari va muhim infratuzilmalarni himoya qiliş uçun hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişi kerakligini ta’kidlagan. Uning fikriça, mamlakatlar endi faqat ma’lumot almaşiş va maslahatlaşuv bilan çeklanmasdan, dengiz, havo va quruqlikdagi harbiy imkoniyatlarini amaliy jihatdan birlaştirişi lozim. Bu yerda e’tiborli jihati şundaki, Britaniya harbiy rahbariyati Rossiya tahdidini faqat an’anaviy harbiy kemalar va suvosti flotlari bilan boğliq muammo sifatida emas, balki diversiya, kiberhujumlar va muhim infratuzilmalarga qarşi operatsiyalarni ham qamrab oluvçi kengroq xavf sifatida körmoqda.
Boltiqdagi kuraş
Boltiq dengizi uçun raqobat yangi dengiz hamkorligining eng muhim yönalişlaridan biriga aylanmoqda. 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişi Yevropa xavfsizligi arxitekturasini özgartirgan bölsa, Finlyandiya va Şvetsiyaning NATOga qöşilişi Şimoliy Yevropadagi harbiy-geografik vaziyatni yanada özgartirdi. Ilgari harbiy-siyosiy jihatdan turli darajada betaraflikni saqlab kelgan uşbu ikki mamlakatning alyansga kirişi Boltiq dengizi atrofidagi kuçlar muvozanatiga bevosita ta’sir körsatdi. Endi Boltiq dengizining deyarli barça qirğoqlarida NATO a’zolari joylaşgan, Rossiya esa asosan Sankt-Peterburg atrofidagi hududlar va Kaliningrad viloyati orqali mintaqadagi harbiy hozirligini saqlab qolmoqda.
Biroq buni Boltiq dengizi Rossiya uçun yopiq hududga aylandi, deb tuşuniş xato böladi. Moskva mintaqada muhim harbiy imkoniyatlarga ega va Kaliningrad viloyatidagi infratuzilma, Boltiq floti hamda zamonaviy raketa tizimlariga tayanadi. Aksinça, geografik jihatdan nisbatan tor va köplab davlatlarning dengiz yöllari kesişadigan uşbu hududda har qanday harbiy keskinlik tezda butun mintaqaning xavfsizligiga ta’sir körsatişi mumkin. Şuning uçun Boltiq dengizi bugun faqat savdo va energetika yöllari emas, balki Rossiya va NATO örtasidagi harbiy tiyib turiş siyosati sinovdan ötayotgan makonga ham aylangan.
Bundan taşqari, Boltiq dengizidagi raqobatning yana bir körinmas fronti mavjud. Gap suvosti internet kabellari, elektr energiyasini uzatiş tarmoqlari va gaz quvurlari haqida ketmoqda. Dengiz tubi butun Yevropaning iqtisodiy va raqamli hayotini ta’minlab turuvçi strategik tarmoqlar bilan qoplangan. Sönggi yillarda mintaqadagi ayrim kabellar va boşqa dengiz infratuzilmalariga zarar yetkazilişi bilan boğliq hodisalar esa Yevropa davlatlarining xavotirini kuçaytirgan. Bunday voqealarning har birini Rossiyaning harakati sifatida baholaş yoki ular ortida Moskva turganini oldindan tasdiqlaş mumkin emas. Biroq ular dengiz tubidagi infratuzilmalarni himoya qiliş masalasi harbiy rejalaştirişning ajralmas qismiga aylanayotganini körsatadi. Northern Navies Initiative esa aynan şunday tahdidlarga qarşi kuzatuv, razvedka, suvosti kemalarini aniqlaş va tezkor javob qaytariş imkoniyatlarini kuçaytirişga xizmat qilişi kutilmoqda.
Arktikada tutaşgan manfaatlar
Arktika uçun raqobat ham uşbu taşabbusning strategik ahamiyatini oşirmoqda. Uzoq yillar davomida muzliklar bilan qoplangan va iqtisodiy jihatdan özlaştiriş qiyin bölgan Arktika bugun yirik davlatlarning manfaatlari töqnaşadigan hududga aylanmoqda. Iqlim özgarişi natijasida muzliklarning çekinişi Şimoliy dengiz yöli kabi yangi transport yönalişlaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Bu esa Yevropa va Osiyo örtasidagi ayrim dengiz qatnovlarini qisqartiriş, neft-gaz zaxiralari va boşqa tabiiy resurslarga kiriş imkoniyatlarini oşirişi mumkin. Biroq muzliklarning çekinişi Arktikani xavfsiz va oson özlaştiriladigan hududga aylantirmaydi. Ob-havosi oğir iqlim, murakkab navigatsiya şaroitlari va harbiy infratuzilmaning öziga xosligi bu mintaqadagi raqobatni yanada qiyinlaştiradi.
Rossiya Arktikada eng katta qirğoq çiziğiga ega davlat sifatida mintaqadagi mavqeini mustahkamlaşga alohida e’tibor qaratmoqda. Moskva uçun bu yerdagi manfaatlar faqat tabiiy resurslar bilan çeklanmaydi. Arktika Şimoliy flotning asosiy harakat hududlaridan biri, strategik yadroviy suvosti kemalari joylaşgan muhim makon va mamlakatning milliy xavfsizlik tizimidagi tayanç nuqtalardan hisoblanadi. Rossiya mintaqada harbiy bazalarni saqlaş va modernizatsiya qiliş, havo himoyasi tizimlarini joylaştiriş hamda muzyorar kemalar flotini rivojlantirişga intilib kelmoqda. Şu sababli Arktikadagi har qanday yangi harbiy hamkorlik Moskva tomonidan öz manfaatlariga ta’sir körsatuvçi jarayon sifatida qabul qilinişi mumkin.
Ğarb davlatlari uçun esa Arktika Rossiyaning şimoliy harbiy imkoniyatlarini kuzatiş, Şimoliy Atlantikaga çiqiş yöllarini himoya qiliş va NATOning şimoliy qanotidagi mudofaa salohiyatini oşiriş nuqtai nazaridan muhim. Bu yerda Grenlandiya, Islandiya, Norvegiya va Britaniyaning geografik joylaşuvi alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, Şimoliy Atlantika va Arktikani bir-biridan ajratib bölmaydi: uşbu hududlardagi dengiz yöllari, suvosti operatsiyalari va harbiy ta’minot tizimlari özaro boğlangan. Demak, Britaniya boşçiligidagi yangi dengiz hamkorligi faqat Boltiq yoki Şimoliy dengiz bilan çeklanib qolmasdan, Arktika va unga tutaş suv hududlarida ham Ğarbning imkoniyatlarini kuçaytirişga qaratilgan.
Yevropada liderlik
Uşbu taşabbus Britaniyaning Yevropadagi harbiy-siyosiy rolini qayta mustahkamlaşga bölgan intilişini ham aks ettiradi. Brexitʼdan keyin London Yevropa Ittifoqining siyosiy va iqtisodiy institutlaridan taşqarida qolgan bölsa-da, qit’aning xavfsizlik masalalaridagi ta’sirini yöqotmadi. Aksinça, NATOdagi yetakçi davlatlardan biri, yadroviy qurolga ega mamlakat va yirik harbiy-dengiz kuçlariga ega davlat sifatida Britaniya özining mintaqaviy ahamiyatini saqlab qolişga harakat qilmoqda. JEFʼga rahbarlik qilişi, Norvegiya bilan Lunna House kelişuvi va Northern Navies Initiative orqali flotlar örtasidagi integratsiyani ilgari surişi Londonning uşbu strategiyasidagi muhim qadamlardir.
Bu jarayonda Britaniyaning maqsadi faqat boşqa davlatlarning kemalarini birlaştiriş emas, balki ularning harakatlarini muvofiqlaştiriş, umumiy harbiy standartlarni belgilaş va mintaqaviy operatsiyalarni boşqarişda markaziy örinni egallaşdir. 2026 yil 8 noyabrdagi Moldova 1 xabarida Nayton Britaniya Rossiya tahdidiga qarşi Yevropa ittifoqçilari bilan işlaşda öz imkoniyatlarini yanada kuçaytirişi kerakligini aytgan. Uning ta’kidlaşiça, Rossiyaning eskalatsiyaga tayyorligi oşgan, diversiya, maqsadli qotilliklar va kiberhujumlar kabi harakatlar esa endi oddiy “gibrid tahdid” tuşunçasi bilan çeklanmaydigan darajaga yetgan. Bu bayonot Londonning özini faqat Yevropa xavfsizligining iştirokçisi emas, balki uni şakllantiruvçi asosiy kuçlardan biri sifatida körişini anglatadi.
Britaniyaning mintaqadagi roli bilan boğliq yana bir e’tiborli masala – yadroviy tiyib turiş imkoniyatlaridir. Moldova 1 xabarida sentyabr oyida London JEF a’zolariga Britaniyaning yadroviy himoyasini kengaytiriş imkoniyatini taklif qilgani qayd etilgan. Bunda Britaniyaning yadroviy suvosti kemalari muhim örin tutişi mumkinligi aytilgan. Agar bunday taklif amalga oşsa, u Yevropa davlatlarining xavfsizlik kafolatlariga bölgan qaraşlarini özgartirişi mumkin. Çunki bugungi kunda Yevropa davlatlarining yadroviy tiyib turiş tizimida AQŞning roli katta. Britaniyaning öz yadroviy salohiyatini yaqin ittifoqçilari xavfsizligi bilan boğlaşga intilişi esa Yevropa mudofaasidagi mas’uliyatni taqsimlaş masalasini yanada murakkablaştiradi. Biroq bu hozirça muhokama qilinayotgan siyosiy taşabbus bölib, JEF doirasida rasman tasdiqlangan umumiy yadroviy kafolat mavjud degani emas.
Şu tariqa, Northern Navies Initiative ortida bir-biridan ajralmas bir neçta strategik maqsad mujassam: Rossiyaning Şimoliy Atlantikadagi harbiy harakatlarini kuzatiş va tiyib turiş, Boltiq dengizidagi dengiz yöllari hamda muhim infratuzilmalarni himoya qiliş, Arktikadagi kuçlar muvozanatini saqlaş va Britaniyaning Yevropa xavfsizligidagi yetakçi rolini mustahkamlaş. Ammo bu rejalarning amaliy natijasi mamlakatlar örtasidagi siyosiy kelişuvlar qançalik tez harbiy imkoniyatlarga aylanişiga boğliq. Zero, dengizdagi raqobatda faqat kemalar soni yoki balandparvoz bayonotlar emas, balki razvedka, texnologiya, ta’minot, qömondonlik va zarurat tuğilganda birgalikda harakat qiliş qobiliyati hal qiluvçi ahamiyatga ega.
Live
Barchasi