Italiyada minglab odamlar Meloni siyosatiga qarşi boş kötardi
Olam
−
21:49 480 2 daqiqa
Bugun, 20 noyabr kuni Italiyada minglab işçilar, xizmatçilar va talabalar Jorja Meloni hukumati siyosati hamda 2027 yilgi byudjet loyihasiga qarşi norozilik aksiyalariga çiqdi. Namoyişlar 24 soatlik umummilliy iş taşlaş doirasida ötkazilmoqda. Bu haqda ANSA xabar berdi.
Qayd etilişiça, iş taşlaşni Italiya kasaba uyuşmalari – Italiya umumiy mehnat konfederatsiyasi (CGIL) va mustaqil kasaba uyuşma taşkilotlarini birlaştiruvçi Cobas taşkil etgan. Aksiyalarga, şuningdek, ta’lim xarajatlarining qisqartirilişiga qarşi umumevropa harakati doirasida talabalar ham qöşilgan.
Norozilik iştirokçilari yaşaş xarajatlarining oşib borişiga qarşi çiqmoqda, Italiya maktablarining ahvolini tanqid qilmoqda, şuningdek, ta’lim va soğliqni saqlaş sohalariga ajratiladigan mablağlarni köpaytirişni talab qilmoqda.
Rimdagi yurişga CGIL boş kotibi Mauritsio Landini boşçilik qilgan. Namoyişga muxolifatdagi Demokratik partiya yetakçisi Elli Şlyayn ham qöşilgan.
“Hukumat biroz sarosimaga tuşib qolganga öxşaydi. Ular qalban bu byudjet [Italiyaning 2027 yilgi davlat byudjeti loyihasi – tahr.] heç narsaga yaramasligini juda yaxşi tuşunişadi. Köçadagi odamlarga quloq tuting – biz töxtamaymiz”, deya bayonot bergan Landini.
Milan, Neapol, Genuya, Bolonya, Bari va Turin şaharlaridagi aksiyalarga ham minglab odamlar töplangan.
Eslatib ötamiz, Italiyada ommaviy norozilik namoyişlari avvalroq ham bölib ötgandi. Jumladan, 16 oktyabr kuni minglab öquvçi va talabalar Meloni siyosati, hayot qimmatlaşuvi va ta’limning yetarli darajada moliyalaştirilmasligiga qarşi Rim, Milan, Florensiya, Bolonya va Genuya köçalariga çiqqan edi. Ertasi kuni esa Milan, Bolonya, Turin va Bergamoda namoyişçilar va politsiya örtasida töqnaşuvlar yuz berdi.
Yevropa axborot markazi direktori Nikolay Toporninning baholaşiça, Yevropada norozilik faolligining kuçayişiga iqtisodiy vaziyatning yomonlaşuvi hamda boşqa tovar va xizmatlar narxi oşişiga olib kelayotgan energiya resurslarining qimmatlaşuvi sabab bölmoqda. Şu bilan birga, iqtisodiy noroziliklarga köpinça yoşlar va radikal guruhlar ham qöşilib ketadi, bu esa namoyişlarning tartibsizliklar va vandalizm harakatlariga aylanib ketişiga olib kelişi mumkin.
Live
Barchasi