46 yoşli Ronaldino 2015 yildan buyon ilk rasmiy öyinini ötkazadi

Sport

−

image

Italiyaning “Ravenna” jamoasi boş murabbiyi Andrea Mandorlini braziliyalik Ronaldino jamoaning navbatdagi uçraşuvida asosiy tarkibda maydonga tuşişini ma’lum qildi. Bu haqda Mandorli BBC’ga bergan intervyusida söz oçdi.

“U asosiy tarkibda boşlaydi, bunga şubha yöq. Keyin qança vaqt öynaşini birgalikda hal qilamiz. U bizning davrimizning eng ajoyib futbolçilaridan biri. Biz esa natija qayd etişimiz kerak. Doimo uç nafar hujumçi bilan öynaymiz. U ulardan biri böladi”, deydi Mandorli.

Biroq murabbiy futbolçining maydonda qança vaqt harakat qilişini hozirça aniqlaştirmagan. Italiyaning S-Seriya vakili “Ravenna” keyingi uçraşuvini ertaga, 15 noyabr kuni öz maydonida “Forli”ga qarşi ötkazadi.

Ma’lumot uçun, Ronaldino Braziliya terma jamoasi safida 2002 yilgi jahon çempioni, şuningdek, 2005 yilda “Oltin töp” sovrinini qölga kiritgan. Faoliyati davomida u “Gremio”, PSJ, “Barselona”, “Milan”, “Flamengo”, “Atletiko Mineyro”, “Keretaro” va “Fluminense” klublarida töp surgan.

Braziliyalik futbolçi professional faoliyatini yakunlaganini 2018 yil yanvar oyida e’lon qilgan. U sönggi rasmiy uçraşuvini 2015 yilda ötkazgan. 

Eslatib ötamiz, joriy yilning avgust oyida Ronaldino va “Ravenna” klubi braziliyalik sobiq futbolçining kamida bitta rasmiy uçraşuvda iştirok etişi böyiça kelişuvga erişgan. Şuningdek, klub uning R10 brendiga tegişli belgilardan foydalaniş huquqini qölga kiritgan. Ronaldino esa klub aksiyalaridan uluş sotib olgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing