Italiya ketma-ket 4-marta Devis kubogi finaliga çiqdi
Sport
−
488 1 daqiqa
Keça, 27 noyabr kuni Italiya terma jamoasi Bolonya şahrida ötkazilayotgan Devis kubogi yarim finalida Çexiyani mağlub etdi. Uçraşuv Italiya terma jamoasining 2:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Birinçi yakkalik bahsida italiyalik Lorenso Musetti (jahonning 27-raketkasi) çexiyalik Yakub Menşikni (15) 6:3, 6:4 hisobida mağlub etdi. Ikkinçi uçraşuvda Çexiya vakili Irji Legeçka (14) Flavio Kobollini (7) 6:2, 1:6, 6:3 hisobida taslim qildi.
Hal qiluvçi juftlik bahsida esa Lorenso Musetti va Andrea Vavassori çexiyalik Irji Legeçka hamda Tomaş Maxaçni 3:6, 6:1, 7:6 (7:4) hisobida mağlub etib, Italiyaga final yöllanmasini taqdim qildi.
Finalda Italiya terma jamoasi Ispaniya va Buyuk Britaniya örtasidagi bahs ğolibiga qarşi kortga çiqadi. Ikkinçi yarim finalning ikkinçi uçraşuvi ertaga, 29 noyabr kuni bölib ötadi.
Ma’lumot uçun, italiyaliklar Devis kubogining sönggi uçta musobaqasida ğolib bölişgan. Şu tariqa, jamoa törtinçi marta ketma-ket finalga çiqdi.